So’nggi yangiliklar

13:41Карвахаль Трент билан рақобат ҳақида гапирди  0 13:13Ямалнинг иш ҳақи оширилади. У "Барса"да энг кўп маош оладиган футболчилар учлигига киради  4 12:46"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  4 12:15Гвардиола Де Брюйненинг хайрлашув ўйини ҳақида: "Кевин сотиб олиб бўлмайдиган чексиз муҳаббатга эришди"  1 11:48"Ал Иттиҳод"нинг асосий трансфер мақсади аниқ: Клуб АПЛ юлдузи учун 120 млн евро тўламоқчи  0 11:20Гарначо: "Финалгача ҳар босқичда майдонга тушдим, жамоага ёрдам бердим ва бу ўйинда 20 дақиқа ўйнадим..."  6 10:58Варди фаолиятини АПЛнинг бошқа жамоасида давом эттириши мумкин  1 10:31МЮ барча даврларнинг антирекордини такрорлади  10 10:05Сон Хён Мин илк совринини қўлга киритганидан сўнг йиғлаб юборди  8 09:37Расман: “Барселона“ Флик билан шартномани узайтирди  3 09:08Ангелос Постекоглу: “Мен ҳали ҳам нима бўлганини тушунишга ҳаракат қиляпман“  8 08:40Sofascore. “Ал Фейҳа“ мағлуб бўлди, Шукуров эса  2 08:12Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  13 07:45Sofascore. Финални энг ёмон ўйинчиси ким бўлди?  5 07:17Европа лигаси. Финалнинг учрашувнинг "man of the match"и маълум  13

Ilhom SHaripov: "Ketma-ket 6 g'alaba "Dinamo"ning o'yini sekin-asta shakllanayotganligini ko'rsatmoqda" Yangiliklar

Ilhom SHaripov: "Ketma-ket 6 g'alaba "Dinamo"ning o'yini sekin-asta shakllanayotganligini ko'rsatmoqda"

Dinamo - NBU-Osiyo (4:2) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin Dinamo bosh menejeri Ilhom SHaripov o'yin borasidagi savollarga javob qaytardi.
- O'yin borasida to'xtalsangiz?

- Uchrashuv tizigini bizning nazoratimiz ostida o'tdi va yakunda g'alabani qo'lga kiritdik. Tezkor kiritilgan dastlabki ikki goldan keyin yigitlar ozroq xotirjamlikka berilishgani uchun jazolandik. Dastlab rikoshet tufayli o'z darvozamizdan to'p olib chiqqan bo'lsak, ikkinchi bo'lim boshida qarshi hujumda himoyada xatoga yo'l qo'yganimiz ikkinchi marta darvozamiz ishg'ol etilishiga sabab bo'ldi. Qilingan o'zgarishlardan keyin jamoa o'z irodasini namoyish etib yana hujumkorlikka zo'r berdi va niyatimizga etishdik. SHukurki, jamoamiz o'yin so'nggigacha o'z kuchiga ishonmoqda va bu yakunda g'alabalarimizni taminlayapti.

- Ko'riniyaptiki, jamoa o'yini tobora shakllanmoqda. Bu ish jarayonida ham ko'zga tashlanmoqdami?

- Hammasiga birinchi navbatda vaqt kerak. Falabalarimizning hech biri oson qo'lga kiritilmayapti, har o'yinda kurashib, katta kuch sarflab muvaffaqiyatga erishayapmiz. Ketma-ket olti g'alaba Dinamo o'yini sekin-asta shakllanayotganligini ko'rsatmoqda. Bugungi tarkibda ko'rgan bo'lsangiz, 11 futbolchidan 9 tasi mahalliy yoshlar edi. Zaxiridan maydonga tushirilgan 4 futbolchi ham sekin-asta tarkibga jalb etilayotgan samarqandlik yosh iqtidorlar. Yani, bugun to'p surgan 13 futbolchi mahalliy yosh futbolchilardir. Umid qilamanki, biz o'yindan-o'yinga yanada yaxshiroq ishlashda davom etamiz va nasib qilsa o'z oldimizga qo'yilgan vazifani uddalashga intilamiz.

- Bugun Aleksey Nikolaev maydonga tushmadi. Bu nima bilan bog'liq?

- Afsuski, jarohatlar bizni chetlab o'tmayapti. Oldinroq tajribali hujumchi Alisher Xoliqov jarohat olgan bo'lsa, Paxtakor-2ga qarshi o'yinda Aleksey Nikolaev jarohat oldi. Uning o'rniga to'p surayotgan yoshlarga hali tajriba kamlik qiladi. Nikolaev 10 kunlardan so'ng safga qaytishi lozim.

- NBU-Osiyoga qarshi bahs Dinamoning joriy mavsumdagi eng yaxshi o'yini bo'ldi, deya bildirilgan fikrga qo'shilasizmi?

- Bugungi natijadan kelib chiqib aytilgan bo'lsa, qo'shilaman. Umid qilanmanki, chiroyli va muhim g'alabalarimiz hali oldinda.

Dinamo Matbuot xizmati.
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика