Ilhom Sharipov 51 yoshda!

Narzulla Saydullayev
24 fev 2019, 13:43
Bugun, 24 fevral kuni Samarqand futboli yorqin namoyandasi, “Dinamo” jamoasi bosh menejeri Ilhom Sharipovning tavallud ayyomi.

Samarqand futboli faxri, “Dinamo” klubining eng mashhur sobiq futbolchilaridan biri, “Paxtakor”, “Navbahor” klublaridagi faoliyati bilan ham barcha muxlislar mehrini qozongan Ilhom Sharipov bugun 51 yoshni qarshi olmoqda.

Ilhom Halimovich futbolchilik faoliyatida bir necha marta O'zbekiston chempioni bo'lish bilan birga o'zbek futboli tarixidagi eng yorqin g'alaba –O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 1994 yilgi Osiyo O'yinlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan futbolchilardan biridir.

Bugungi kunda “Dinamo” futbol klubi bosh menejeri sifatida faoliyat yuritayotgan Ilhom Sharipovga o'zbek futboli, xususan Samarqand futboli ravnaqi yo'lidagi mas'uliyatli faoliyatiga eng avvalo mustahkam sog'liq va iroda hamda omad va zafarlar tilab qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz