So’nggi yangiliklar

00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  12 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1

Ilhom Qurbonov: "Miftaxuddinovning "Astana"ga ketishi albatta "Mashal" uchun katta yo'qotishdir" Yangiliklar

Ilhom Qurbonov: "Miftaxuddinovning "Astana"ga ketishi albatta "Mashal" uchun katta yo'qotishdir"

Joriy mavsum "Mashal" klubi murabbiylar shtabida bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovga yaqindan yordam bergan Marat Miftaxuddinov kelgusi faoliyatini qo'shni Qozog'istonda davom ettirishga qaror qildi.
SHu bois gazchilar mutaxassis bilan xayrlashishga majbur bo'ldi. Marat Valentinovichning Muborakdan ketishi xususida "Mashal" FK ijrochi direktori Ilhom Qurbonov shunday dedi.

- Ochig'ini aytganda, Marat Valentinovich bilan hamkorlikni kelgusi yilda ham davom ettirishni istagan edik. CHunki Miftaxuddinov tajribali murabbiy. U bilan bir mavsum ishlab, bir-birimizni ancha yaxshi tushunib olgandik. Ammo qanchalik og'ir bo'lmasin, mutaxassis keyingi taqdirini "Astana" bilan bog'lashni xohladi.

- Miftaxuddinov ko'p yillardan buyon Vadim Abramov bilan ishlab keladi. Karlenovich yangi jamoasiga uni ham taklif etdi va Marat aka uni rad eta olmadi. Nima ham derdik, bu  futbol! Unda shunaqa xolatlar ham uchrab turadi.

- Bir tomondan Marat akaning UEFA jamoasi bo'lmish, "Astana"ga o'tganidan xursand bo'ldik. Sababi o'zbek murabbiylarining xorij klublarida ishlashi ham mamlakatimiz futboli obro'sini yanada oshiradi. Istardimki, Abramov  Miftaxuddinov juftligidan tashqari qolgan murabbiylarimiz ham chet elda klublarini boshqarishini.

- SHuning uchun ham Miftaxuddinov bilan bir-birimizga kelgusida omad tilagan xolda, do'stona xayrlashdik.

- Marat aka ham klubni tark etayotganida ancha moslashib qolganini, jamoa bilan xayrlashish og'ir bo'layotganini takidladi. Biroq murabbiy har qanday vaziyatda ham doimo Vadim Abramovning taklifini qabul qiladi. CHunki ular ilgari ham birga hamkorlik qilishgan. Astanaga chaqirganida ham yo'q deya olmadi.

- Bo'shab qolgan o'ringa qaysidir murabbiyni olib kelishimiz mumkin bo'ladi. Lekin hozircha bu haqda jiddiy o'ylab ko'rmadik. Qarashlarimizga mos tushadigan murabbiy topsak, albatta uni yordamchilikka taklif etamiz. 


Islombek Rustambekov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика