Ilhom Qurbonov: “Akademiyani yanada kuchaytirish uchun loyihalar ishlab chiqdik”
02 okt 2013 09:19
Yangiliklar
Ilhom Qurbonov: “Akademiyani yanada kuchaytirish uchun loyihalar ishlab chiqdik”
Yurtimizda birinchilardan bo'lib, o'z akademiyasiga ega bo'lgan Muborakning “Mashal” jamoasi oxirgi yillarda inqirozga yuz tutib, reytingini pasaytirib yubordi.
O'z vaqtida OCHLda ishtirok etgan “Mashal”ni muxlislar yaxshi bilishsa kerak, jamoa O'zbekiston Kubogi finaliga ham chiqqandi. O'sha vaqtdagi akademiya tarbiyalanuvchilari mana bugungi kunga kelib, bo'y ko'rsatmoqda. Bu esa jamoaning transfer bozoridagi sarf-harajatlarini birmuncha tejalishiga xizmat qilayotgani tabiiy. O'tgan haftada “Mashal” birinchi liga doirasida “Andijon” bilan o'ynash uchun vodiyga safar uyushtirdi. Fursatdan foydalanib, o'yindan oldin muborakliklar istiqomat qilgan “Elita” mehmonxonasiga bordik. U erda dastlab katta murabbiy Marat Miftaxuddinovni uchratdik va keyinroq jamoa boshlig'i Ilhom Qurbonov bilan ko'rishdik.
- Ilhom Abdug'anievich, sizni oxirgi ikki yildan buyon “Mashal”da ishlayotganingizni yaxshi bilamiz. Lekin bundan oldingi yillarda qaysi sohada faoliyat yuritganingiz to'g'risida, malumot yo'q.
- “Mashal”ga kelishdan oldin ham asosan futbol sohasida ishlaganman. O'zi umuman olganda, boshqa sohalarda ishlab ko'rmaganman. Asosan futbol sohada mehnat qilyapman. Bir so'z bilan aytganda, futbolchilikni tugatgach, o'zimni boshqa sohalarda tasavvur qila olmadim va futbolda qolishga qaror qildim. O'z sevgan kasbing bilan ishlashga nima etsin.
- SHu o'rinda ilgari qaysi jamoalarda to'p surganingizni aytib o'tsangiz?
- Futbolchilik faoliyatim asosan ikkinchi liga jamoasida o'tgan. Yani “Mashal”ning ikkinchi ligadagi jamoasida o'ynaganman. Bosh murabbiyimiz Dilshod Andaev bo'lgan. U paytda ancha yosh edik. Endigina professional klublarga o'tish arafasida turganimizda, to'satdan jiddiy jarohat olganman. O'ng oyog'imning tizzasi singandi. Afsuski shunda butsalarimni mixga ilishga majbur bo'lganman. Bu 1998 yilga to'g'ri keladi. Men bilan birga shug'ullanganlardan taniqlisi Konstantin Boev bo'lgan. Qolganlarini unchalik nomi chiqmadi. Ko'pchiligi, men kabi keyinchalik to'p tepishni bas qildi.
- O'sha paytlarda sizlarga yaratib berilgan sharoitlar qanday bo'lgan?
- Bu borada maqtana olmasdik. Hozirgi akademiya tarbiyalanuvchilariga esa xavasim keladi. Kiyim bosh, ovqatlanish, to'p va maydon... Bu borada hozir hech qanday muammo yo'q.
- Futbolchilikni tugatganingizdan so'ng, qanday yumushlar bilan band bo'lgansiz?
- Futbolchilikni yakunlaganimdan keyin, oradan malum muddat o'tgach, “Nasaf”da mamur sifatida ishladim. Men ishlagan yillarda jamoani Bahrom Hakimov, Oleg Morozov hamda Zoir To'raqulov kabi murabbiylar boshqargan. U erda vazifam tashkiliy masalalarni hal etishdan iborat edi. Keyinchalik “SHo'rtan”ga ham bu borada yordam berdim. 2006 yilga kelib esa, Bahrom aka Davlatov meni “Mashal”ga taklif etdi. O'zim Muborakda tug'ilib o'sganim uchun bunga labbay deya javob berdim. Muborakda dastlab 4-5 oy akademiyada Vladimir Fomichyovga ko'maklashdim. Mashg'ulotlarni o'tkazish chog'ida qozog'istonlik murabbiyga yaqindan yordam berardim. Keyinchalik meni asosiy jamoaga mamur sifatida ishga o'tkazishdi. Bunda ham asosan tashkiliy ishlarni bajardim. Vazifamni ado etish uchun, ishimga sidqidildan yondoshdim. Va shu tariqa tajribamni oshirib bordim. 2011 yilning oxirlarida esa rahbariyat meni jamoa boshlig'i etib tayinladi. Hozircha shu lavozimda ishlab kelmoqdaman.
- Mamur sifatida ancha erta ish boshlagan ekansiz, bu borada kimlarni o'zingizga ustoz sifatida ko'rsata olasiz?
- SHubhasiz, Alisher aka Turdiqulovni aytgan bo'lardim. Sababi Alisher aka “Nasaf”da 1996 yildan buyon ishlab kelmoqda. Tajribasi katta. Menga ham o'z navbatida ko'p narsalarni o'rgatgan. Qashqadaryoda bu insonning hurmati yuqori.
- Sizni “Mashal”ga Davlatov taklif qilgan ekan. O'z navbatida u kishidan ham maslahatlar olib turasizmi?
- Bahrom Boyjonovich bizning ustozimiz bo'ladi. Bu mutaxassisga ortiqcha maqtov yoki tarif bermasangiz ham O'zbek futboli jamoatchiligi juda yaxshi biladi. Afsuski u kishining oxirgi yillarda sog'ligi bilan bog'liq muammolar qiynab kelmoqda. Germaniyaga borib, operaciya stoliga yotishga ham majbur bo'ldi. Bunday paytda u kishini ortiqcha bezovta qilishni maqul ko'rmaymiz. Lekin kerak paytda gaplashib, maslahat so'raymiz. Tajribasiga tayanamiz. Muborakda akademiyani tashkil etgan shaxs ham aynan Bahrom aka bo'ladi. Qashqadaryo futboli rivoji uchun ko'p mehnati singgan insondir.
- “Mashal” turnir jadvalida birinchi o'rindan pastlamayapti. Klub rahbari sifatida jamoaning bu yilgi ishtirokiga qanday baho berasiz?
- Yil boshida o'z oldimizga birinchi o'rinni egallab, yana kuchlilar safiga chiqishni vazifa qilib qo'ygandik. Buning uchun futbolchilarga va murabbiylarga imkon qadar sharoitlarni yaratib berishga harakat qilmoqdamiz. SHaroit va potencial borasida jamoamizga 2-3ta klub raqobatchilik qilish mumkin. Lekin hamma klubni bu borada ko'rsatish qiyin.
- “Mashal”ni deyarli oliy ligada desa ham bo'ladi. To'g'rimi?
- Ha, bir oyog'imiz elitada desak adashmagan bo'lamiz. Deyarli chiqdik ham. Lekin biz yuqorida aytib o'tganimdek, birinchi o'rinni egallashimiz lozim. Yani kichik oltin medallarni qo'lga kiritimishiz kerak. Buning uchun astoydil kurashamiz.
- “Mashal” va “Andijon”ni hisobga olmaganda, go'yoki boshqalarga oliy liga kerak emasdek tuyulmoqda. Bu borada qanday fikrdasiz?
- Ha, chindan ham boshqa jamoalar o'z oldiga oliy ligaga chiqish vazifasini qo'ymagan. Agarda “Zarafshon-NCZ”ning o'yinchilari ikkinchi davrada yoppasiga “Qizilqum”ga ko'chib o'tmaganida, aminmanki jamoa elitaga chiqish uchun kurashardi. O'zaro o'yinlarimiz bundan-da keskin ko'rinish olishi tabiiy edi. Ammo ko'rib turganingizdek, ikkinchi davradagi o'zgarishlardan keyin “Zarafshon-NCZ”ga barqarorlik etishmayapti. Bunga tarkibdagi yangilanishlar ham albatta o'z tasirini o'tkazmasdan qolmaydi. “Qo'qon-1912” esa bilishimcha oliy ligaga chiqishni keyingi yilga qoldirgan. Jamoa o'yini yomon emas. Ayniqsa markaziy yarim himoyasi kuchli o'yin ko'rsatmoqda. SHaxsan menga “Andijon”dan ko'ra, “Qo'qon-1912”ning o'yini yoqdi. “Andijon”ni safarda “Alanga”ga qarshi kechgan o'yinini bevosita stadionda kuzatdim. Futbolchilarni o'yini chiqmadimi yoki boshqa sababmi, jamoa o'zini ko'rsata olmadi va atiga bitta avtogol evaziga safardan g'alaba bilan qaytishga erishdi.
- “Zarafshon-NCZ” bilan “Qo'qon-1912”ni solishtirganda qaysi biri kuchli ko'rinmoqda?
- Yuqorida aytganimdek, “Zarafshon-NCZ”dagi o'zgarishlar jamoa o'yinini pasayishiga olib keldi. Lekin bu jamoa birinchi bosqichda juda kuchli edi. Ayniqsa navoiyliklarni o'z maydonida yutish juda murakkab bo'lgan. Qo'qon jamoasi ham yomon emas. Lekin keyingi yilga oliy ligaga chiqishni rejalashtirayotgan ekan, jamoa tarkibini kuchaytirmasa qiyin bo'ladi. “Qo'qon-1912”ning hozirgi tarkibida yoshi katta o'yinchilar ko'p ekan. Deylik ular bilan elitaga chiqdi. Keyin yana futbolchi olib kelishga to'g'ri keladi. SHu bois birinchi ligadan boshlab poydevorni mustahkamlab borish lozim.
- “Mashal”ning bu yilgi O'zbekiston Kubogidagi yurishi ham uzoq davom etdi. Bu ko'rsatkich ham rahbariyatni qoniqtirgan bo'lsa kerak?
- Albatta, yigitlar astoydil o'ynashdi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Kubok bellashuvlarida oliy liga vakillari bo'lmish, “Buxoro” “Navbahor” hamda “Bunyodkor” kabi jamoalarga qarshi o'ynab, futbolchilarimiz o'z kuchlarini bilib olishdi deb o'ylayman. Bu o'yinlar orqali biz jamoamizning imkoniyatlarini yanada yaxshi bilib oldik. “Bunyodkor”ni ham yutib, keyingi bosqichga chiqishimiz mumkin edi. Ammo futbolchilarimizda etarlicha tajriba yo'qligi va yo'l qo'yilgan kichik xatolar evaziga mag'lubiyatga uchradik. SHunday bo'lsada, bu jamoaga qarshi kechgan o'yinimiz muxlislarga yoqdi deb o'ylayman.
- Joriy mavsum hakamlar haqida juda ko'p va ho'p gapirilmoqda. Ayniqsa birinchi ligada ochiqdan-ochiq yon bosishlar bo'layotganini futbolchi va murabbiylar bilan o'tgan o'zaro suhbatlarimizda ko'p eshitamiz.
- Haqiqatdan ham bu mavzuda ko'p gapirilmoqda. Lekin shuni sizga ayta olamanki, hakamlar “Mashal” ishtirokidagi o'yinlarda jiddiy xatolarga yo'l qo'ymadi. SHuning uchun bu borada ularga etiroz yo'q deya olaman. Bu gaplarni turnir jadvalida birinchi o'rinda ketayotganimiz uchun aytmayapman. Masalan jamoamiz safarda “CHust-Paxtakor”ga imkoniyatni boy berdi. SHunday bo'lsada, aybni hakamlar guruhiga ag'dara olmaymiz. O'zimizning xatolarimiz evaziga imkoniyatni boy berdik. Hakamlar ham inson, hadeb ularni ayblayverish ham to'g'ri bo'lmaydi. Ularga qarshi shunday kurashish kerakki, zo'r o'yin namoyish eting, sizdan xato topa olmasin. SHaxsan men kelishilgan o'yinlarga qarshiman. Birinchi o'rinni egallash bu – hamma o'yinni pulga sotib olish degani emas. Axir hamma o'yinni pulga sotib olsak, o'zimizni aldagan bo'lamiz.
- Jamoada bugungi kunda moliyaviy jihat qanday?
- Bu borada imkoniyatlarimiz juda zo'r emas, lekin yomon ham deb bo'lmaydi. Futbolchilarga avgust oyi uchun maosh berishimiz kerak. Lekin yigitlarimiz hozir pulni emas, birinchi o'ringa futbol o'ynashni qo'yishayotgani bizni quvontirmoqda. Bunga javoban biz ham o'z navbatida imkon qadar maoshlarni tezroq berib borishga harakat qilmoqdamiz.
- “Mashal” hozirgi tarkibi bilan oliy ligada ham qatnasha oladimi?
- Yo'q, bunga hali futbolchilar tayyor emas. Olti nafar o'yinchimiz o'z imkoniyati darajasida o'ynab ketishi mumkin. Lekin hamma yigitlarni bunday deb bo'lmaydi.
- Har xolda keyingi yil tarkibda u qadar katta o'zgarish qilinmasa kerak? Ko'proq qaysi poziciyalarni kuchaytirish lozim deb o'ylaysiz?
- (Kulib) Oldin mavsumni tugatib olaylik. Bu borada hali beri jiddiy o'ylab ko'rmadik. Mavsum poyoniga etgach, murabbiylar bilan keyingi yil uchun rejalar tuzib chiqamiz. Qaysi chiziqlarga o'yinchi olishni avvalo murabbiy hal qiladi. Menimcha shu tarkibimizga qo'shimcha ravishda sakkiz nafar mahoratli o'yinchi olib kelinsa kerak. Darvozabon taklif etilmaydi. CHunki Sanjar Quvvatov va O'tkir Yusupov oliy ligada o'ynashga tayyor.
- Oxirgi yillarda Muborakdagi akademiyaning reytingi pastlab ketayotgandek, nazarimizda...
- Yo'q, nega endi? Hammasi yaxshi.
- Demoqchimizki, vodiy yoki poytaxtdan akademiyaga bo'lgan qiziqish avvalgidek yuqori emasdek tuyulmoqda.
- Unday deb o'ylamayman. Namanganga borsak ham, Toshkentga borsak ham ota-onalar oldimizga kelib, farzandlarini “Mashal” akademiyasida tahsil olishini istashayotganini aytishmoqda. Ko'plab bolalarni tavsiya qilishmoqda. Bundan xulosa qilish mumkinki, akademiyamizning obro'si hanuz yuqori bo'lib turibdi. Bundan keyin ham yanada yuqoriga intilishga harakat qilamiz. CHunki akademiyamiz bo'lmasa, bu degani “Mashal”ning chempionatda ishtirok etishi to'xtatildi demakdir. Biz aynan ushbu akademiyamiz tarbiyalanuvchilari evaziga kun kechiramiz. Akademiya tarbiyalanuvchilari bo'lmasa, Toshkent yoki vodiydan o'yinchi olib kelib, o'ynatishimiz kerak bo'ladi. Bu esa bizga juda qimmatga tushishini juda yaxshi bilasiz.
- Ilgari akademiyada xorijlik mutaxassislar ham faoliyat yuritgan. O'sha paytdagi tizimni hozir ham ushlab qolganmiz deya olasizmi?
- To'g'ri takidlab o'tdingiz, haqiqatdan ham bungacha Muborakdagi akademiyada rossiyalik, turkmanistonlik, ukrainalik va qozog'istonlik bo'lgan tajribali murabbiylar kelib ishlagan. Bu akademiyadagi tizimning to'g'ri yo'lga tushishiga xizmat qilgan. Hozir akademiyada xorijlik mutaxassislar avvalgidek ko'p emas. Asosan mahalliy murabbiylar ishlamoqda. Akademiyani yanada kuchaytirish uchun bir qator loyixalar ishlab chiqqanmiz. Bosqichma-bosqich yanada rivojlanishni amalga oshirib boraveramiz. Nasib qilsa, vaqt o'tgan sari akademiya o'z mevasini berib boradi.
- Bugungi kunda akademiya direktori sifatida kim faoliyat yuritmoqda?
- Abdurahmon Yumangulov. Bu insonning ham Qashqadaryo futboliga mehnati singgan. Bir qator jamoalarda ishladi. Hatto ayollar jamoasi bo'lmish, “Sevinch”ni ham malum muddat boshqardi. Tajribasi katta. SHuning uchun ham Abdurahmon Rafaelovichni akademiyaga direktor etib tayinladik.
- “Mashal-W” ayollar futbol jamoasidan bir nechta futbolchilar terma jamoa yig'inlariga jalb etilganini ko'rmoqdamiz. Bundan ko'rinib turibdiki, “Mashal” ayollar futboliga ham katta etibor qaratmoqda?
- Terma jamoaga taklif etilgan qizlarni mavsum boshida “Sevinch”dan ijaraga olganmiz. SHuning uchun ularni o'zimizning futbolchilar deb maqtanib bo'lmaydi. “Sevinch”dan o'yinchi olishimizdan maqsad, o'zimizning futbolchilarni ham ular kabi o'stirib borishdir va kelajakda o'z professional ayollar jamoamizga ega bo'lishdir. Bu borada ham kerakli ishlarni amalga oshirmoqdamiz.
- Muborakdek kichik shaharchada qizlarni millionlar o'yiniga jalb etishning o'zi oson bo'lmasa kerak?
- Albatta, qiyin bo'lmoqda. Lekin biz qo'l qovushtirib o'tirmayapmiz. Ayollarni futbolga bo'lgan qiziqishini oshirish uchun har narsa qilmoqdamiz. Avvalo ularga yuqori darajada sharoitlar yaratib berishga urinyapmiz. Bugungi kunda ayollar futboli uchun ham Muborakda to'garak ochganmiz. Yosh qizlar kelib, futbol sirlarini o'rganmoqda. Nasib qilsa keyinchalik, Koson tumanida ham shunday to'garak tashkil etmoqchimiz. Ularning nechtasi kelajakda, futbolchi bo'lishini hech kim aniq bilmaydi. Lekin beshta yoki o'nta futbolchi etishib chiqadimi, baribir bunga jiddiy qaraymiz va kelajakda ayollar futbolida ham o'z o'rnimizni topishga harakat qilamiz.
- Bazida yoshini kichraytirib, suniy ravishda o'sishga intilayotganlar haqida eshitib qolamiz.
- Ha, sohta yo'l bilan futbolchi bo'lishni o'ylayotganlar ham bor. Lekin ularni nomma-nom qaysilar ekanligini aniq aytish qiyin. CHunki fakt yo'q, qo'limizda. SHaxsan men bunga qarshiman. Bunday toifadagilar uzog'i bilan 5-6 yil yuqori saviyada o'ynashi mumkin. Lekin o'sha “yulduz” juda tezda so'nib boradi. Bizning akademiyaga ham ko'plab ota-onalar bolalarini olib keladi. Ular passport olish yoshiga to'lmagani uchun, tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi bilan tashrif buyuradi. To'g'risi, insonni ichidagisini hech kim bilmaydi. Bazida shundaylari ham bo'ldiki, yoshini 3-4 yoshga kichraytirib kelishdi. Passport oladigan payti kelganida, bosar tusarini bilmay qolishadi. Bunday qing'ir ishlarni bilgan zahotimiz, o'sha bola kim bo'lishidan qatiy nazar, javobini beramiz. CHunki o'sha o'zini-o'zi aldayotgan bolakayga klub masalan yiliga 10 million so'm sarf-xarajat qiladi. Kiyim bosh, ovqat-oziq deganlaridek. Afsuski hirmonni ko'taradigan paytga kelganda, ishlar suniy olib borilganini bilsangiz, hunob bo'lasiz. Bundan yomoni bo'lmaydi. SHu paytda pulni shunchaki xavoga uchirgandek bo'lasiz. SHu bois yoshlarga maslahatim shuki, o'z yoshida futbolchi bo'lishga intilsin. Buning uchun har qanday qiyinchilikni boshidan o'tkazsin, kelajakda o'ziga engil bo'ladi.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar