So’nggi yangiliklar

00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  0 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  0 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  1 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  6 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0

Ilhom Mo'minjonov: "SHarmandalarcha mag'lub bo'ldik. "Olimpik"ning 18-19 yoshli futbolchilari bizni "yirtib" tashlashdi" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "SHarmandalarcha mag'lub bo'ldik. "Olimpik"ning 18-19 yoshli futbolchilari bizni "yirtib" tashlashdi"

Pro liganing 10-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Neftchi" (3:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ilhom Mo'minjonov o'z fikrlarini bildirdi.



"SHarmandalarcha mag'lub bo'ldik. "Olimpik" bugungi bahsga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan. Ham jismonan, ham taktik tomonlama bizdan ustun keldi va haqli ravishda g'alabaga erishdi. O'tgan turda "Buxoro"ga yutqazganimizda ogohlik qo'ng'irog'i bo'lgandi. Yarim himoyachilar va hujumchilarimiz o'zlarini ko'rsata olishmadi. To'g'ri ikkita o'yinda 5ta gol o'tkazdik, ammo himoyachilarga u qadar etirozlarimiz yo'q. Takrorlayman, bugun sharmandalarcha mag'lub bo'ldik. Bunday o'yin bilan Superligaga yo'llanma olish juda qiyin", - deydi Ilhom Mo'minjonov.

- Ikki o'yindan buyon "Neftchi" o'yin jihatidan ham, natija jihatidan ham kichik "krizis"ga tushib qolganiga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?
- Yarim himoya va hujumchilar haqida bekorga aytganim yo'q. Sababi yarim himoyada tajribali futbolchilarimiz ko'p. Bugungi o'yindan keyin menimcha o'zlarini yig'ib olishadi. "Olimpik" safidagi 18-19 yoshli futbolchilar qo'pol qilib aytganda bizni "yirtib" tashlashdi. Birinchi davra tugashiga oz qoldi, oldinda ikkita o'yin bor.

- Yarim himoya va hujum chizig'iga yangi futbolchilar keladi demoqchimisiz?
- Agar shunday davom etadigan bo'lsa, ha yangilarni taklif etamiz. Hujumchilarimiz bo'lajak ikkita o'yinda o'zlarini ko'rsatishadi deb o'ylayman. Superligaga mag'lubiyatsiz chiqish imkonsiz. Murabbiylar shtabi bilan astoyidil ishlaymiz. Bugungi sharmandali mag'lubiyatdan keyin bir nima deya olmaymiz.

- "Neftchi"da tajribali futbolchilar ko'p. Ammo oxirgi ikki o'yinda motivaciya yo'qolib qolgandek. Mana shu davrda jamoada qandaydir muammo kelib chiqmadimi?
- Bu futbol, stabillik yo'q. O'zbekiston Superligasi o'yinchilarida ham stabillik kam bo'ladi. SHu bois ikkita o'yinda yutqazdik va 5ta gol o'tkazdik. Oldinda "Yangier" bilan o'yin kutib turibdi, shu o'yinda astoydil tayyorgarlik ko'ramiz.


Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика