So’nggi yangiliklar

08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчига таклиф билан чиқди  0 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  3 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  3 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3

Ilhom Mo'minjonov: "Jamoamizni bir qator futbolchilar tark etdi" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Jamoamizni bir qator futbolchilar tark etdi"

Pro-liganing 13-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Aral-Samali" (4:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




O'yin haqida

- Bugungi o'yindagi g'alaba bilan jamoamiz muxlislari va futbolchilarni tabriklayman. Raqibni 2-3 kun avval astoydil o'rganib chiqqandik. Ular so'ngi turlarda ketma-ket ochkolar jamg'arishayotgandi. SHu sababdan o'yinga nisbatan jiddiy yondashdik va yakunda o'zimiz kutgan g'alabaga erishdik.

- Ilhom aka, bugungi o'yinda ikki xil bo'lim ko'rdik. Jamoangiz futbolchilari birinchi bo'limda vaziyatlardan foydalanishda bir oz qiyinchilikka duch kelishdi. Ikkinchi bo'limda esa ulardagi faollik ortdi. O'yindan kelib chiqib yangi taktik uslublarni amalga oshirdingizmi?


- Birinchi bo'limda yigitlar ozgina shoshib qolishdi. Oldingi chiziqda yuzaga kelayotgan vaziyatlardan foydalana olishmayotgandi. Lekin ikkinchi bo'lim boshida jarimadan gol kiritdik va uyog'iga yigitlar o'zlariga kelishdi. Bu futbol, barcha vaziyatlar ham gol bilan tugayvermaydi.

- So'nggi o'yinlarda kichik Darko Stanoevich, Abdul Aziz Yusupov va Otabek Zokirov tarkibda ko'rinmayapti. Ular jamoani tark etganmi?


- Ha, ular jamoamizni tark etishdi. Nega deganda bu futbolchilarga ham o'yin amaliyoti kerak. O'ylayman-ki, ular o'zlariga yaxshi jamoalarni topishadi va o'yin amaliyotiga ega bo'lishadi. Ushbu futbolchilarning kelgusidagi faoliyatlarida omad yor bo'lishini tilayman.

- Yosh hujumchi Ulug'bek Hoshimov faollik ko'rsatayotgan bo'lsa ham gol kirita olmayapti. Bu nima bilan bog'liq deb o'ylaysiz?


- Biz Ulug'bek Hoshimovni "Paxtakor"dan yaxshi maqsadlar bilan transfer qilganmiz. Ulug'bek endigina 20 yoshga to'ldi, o'ylayman-ki uning yorqin o'yinlari hali oldinda. Legioner hujumchimiz oldinda yaxshi harakat qilmoqda. Hoshimov, Abdullaev, Abdunabievlar o'yinlar orqali tajriba to'plab yaxshi hujumchilarga aylanishadi deb umid qilamiz.

- Legioner hujumchi Marko Obradovich ketma-ket gollar urmoqda. Unga yuqori ligalardan taklif tushsa ketishi mumkinmi? SHartnomasi qanday tuzilgan?


- Bo'lishi mumkin, unga etakchi klublardan taklif tushsa balki qabul qilishi mumkin. Lekin uning biz bilan bir yillik shartnomasi bor, mavsum oxirigacha jamoamizda o'ynaydi. Ketma-ket gollar urayapti, keyingi mavsumlarda balki boshqa jamoalar uni o'z saflariga qo'shib olishlari mumkin.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика