So’nggi yangiliklar

09:24Ламин Ямаль ўзига тегишли бўлган сертификатларни олди  0 08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германийда «Йил футболчи»си бўлди  1 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  1 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  0 07:32Флик «Реал»ни ўртоқлик учрашувида мағлуб этганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  0 01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  1 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  1 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  7 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  2 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25

Ilhom Mo'minjonov: “Hujum chizig'imizda oqsoqlik kuzatilmoqda” Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: “Hujum chizig'imizda oqsoqlik kuzatilmoqda”

“Navbahor” – “Neftchi” uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov ishtirok etib, OAV vakillarining savollariga javob qaytardi:

- O'yin haqida gap ketganida raqibning dastlabki va butun bahs davomidagi yagona burchak to'pidan keyin o'z darvozamizdan to'p o'tkazib yubordik. O'sha vaziyatda futbolchilarimiz bir muddatga diqqat etiborni yo'qotib, oxirigacha o'ynay olishmadi. Bu esa hisobni ochilishiga sababchi bo'ldi. “Vodiy derbi”siga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rgandik. “Neftchi”ning har bir chiziqda namoyish etadigan o'yinini maxsus tayyorlangan videorolik orqali jamoamiz azolari bilan birgalikda ko'rib chiqqandik. Bugun hujumda sovuqqonlik bilan harakat qilish etishmadi. Bundan tashqari biroz omadimiz ham chopmadi. Raqib darvozasi oldidan bir nechta xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdik.

Yigitlarga dastlabki 15 daqiqada tezkor gol urishga intilishlari kerakligini aytib o'tgandim. Futbolchilarimiz maydonda Navoiyda “Qizilqum”ga qarshi kechgan bahsdagi kabi to'p surishgani uchun ularga rahmat aytaman. Iroda namoyish etib, durangni taminlashni uddasidan chiqishdi. Uchrashuv yakunlanishiga 5-6 daqiqa qolganida g'alabani ilib ketish maqsadida to'pni oldinga tepib, gol urishgani uchun o'yinimiz biroz o'xshamadi. Qolgan vaqt davomida esa asosan to'pni bir-birlariga aniq oshirish orqali o'yin ko'rsatishgandi. Hujumdagi harakatlarimizda biroz oqsoqlik kuzatilmoqda. Aynan shu sababli durang bilan cheklanishga majbur bo'ldik. Mashg'ulotlarda bu kabi xato va kamchiliklarni bartaraf etish ustida ish olib boramiz.

Ortda qolgan uchta turda Saidov, G'ofurov va Komilov kabi hujum chizig'ida to'p surmaydigan futbolchilar gol urishdi. SHu sababli hujumchilarimizdan gol talab qilaman. Bugun Yovanovich penaltidan gol urgan bo'lsada uni o'yindan gol urishini istayman. O'z navbatida himoyada ham kamchiliklar mavjud. Maqsadimiz har bir uchrashuvda o'z darvozamiz daxlsizligini taminlashdan iborat. Lekin, ortda qolgan uchta o'yinda to'rtta gol o'tkazib yubordik. Uchta turda gol urishga erishgan bo'lsakda, hujumchilarimizni ham gol mualliflari bo'lishini xohlayman.

Yovanovichni 2016 yilgi chempionatda namoyish etgan o'yinlari uchun jamoaga taklif etgandik. Hujumchimiz 3-turda dastlabki golini urishga erishdi. Yanada jiddiy tarzda ishlab natijalarimizni yaxshilashga etibor qaratamiz. Har bir o'yin biz uchun juda muhim. Tarkibga shu sababli tajribali futbolchilarni jalb etganmiz. Navbatdagi turdagi raqibimiz uchta turda yuz foizlik natijani qayd etishga erishdi. Qanday holat bo'lishidan qatiy nazar “Dinamo”ga qarshi o'yinda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Hattoki, durang natija ham bizni qoniqtirmaydi. CHunki ortga endi yo'l yo'q.

Ro'zimboy Ahmedov betob bo'lganligi sababli mashg'ulotlarda qatnasha olmadi. Ayni paytda to'liq sog'ayib ulgurmaganligi sababli, bugun uni qaydnomaga kiritilmadi. Hujumchimizni yo'qligi ham bugun bilindi, - deydi Mo'minjonov.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика