So’nggi yangiliklar

11:09Ўзбекистон ва Озарбайжон U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда ўтказиш бўйича ФИФАга ариза топширди  2 10:44Файзуллаевга "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи  6 10:20Анри: "Гвардиола — тарихдаги энг яхши мураббий"  4 09:58Томас Мюллер фаолиятини якунлади — “Бавария” афсонаси сўнгги сўзини айтди  7 09:35ПСЖ "Реал Мадрид" юлдузини қўлга киритишни режалаштирмоқда  15 09:05Одил Ҳамробеков учун кураш: "Трактор" "Бунёдкор"га расмий таклиф юборди  11 08:35Факт: "Динамо" ва Абрамовнинг "Насаф" билан ўйинлардаги ноҳуш анъанаси давом этди  2 08:10Фламарион ва Сергеевнинг голлари "шерлар"га "Навбаҳор" устидан ғалаба келтирган учрашувдан галерея  10 08:00"Навбаҳор" "Пахтакор"га ютқазди, Самарқанддаги ўйинда эса Мозговой "Насаф"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  12 07:30Суперлига. Бугун "Нефтчи" "Насаф"га яқинлашиб олиши мумкин  7 02:45Вадим Абрамов: "Насаф"ни узоқлаштириб юбормадик, ҳали умид бор"  8 01:43Фламарион нима сабабдан кўп ўйинларда қайдномага киритилмагани ва Габриэль Жезус билан муносабати ҳақида гапирди  0 01:38Азим Аҳмедов: "Навбаҳор"нинг биринчи даврадаги иштирокини 7-8 баллга баҳолаган бўлардим"  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Биз ҳали чемпионлик пойгасини тарк этмадик. Абдиҳолиқов 100% ҳал бўлди"  2 01:23Сергей Лушчан: "5-8та гол ўтказиб юбормаганимиз яхши бўлди. Таркибимиз ўзгармаяпти"  10

Ilhom Mo'minjonov: "Oldimizga "Neftchi"ni dastlab Superligaga, keyinchalik bosqichma-bosqich OCHLga olib chiqish vazifasi qo'yildi" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Oldimizga "Neftchi"ni dastlab Superligaga, keyinchalik bosqichma-bosqich OCHLga olib chiqish vazifasi qo'yildi"

Bugun Farg'onaning "Neftchi" klubi Qirgulidagi qarorgohida jamoaning yangi bosh murabbiyini tanishtiruv marosimini o'tkazdi.

Mazkur marosimda viloyat hokimining sport va turizm masalalari bo'yicha maslahatchisi Xurshidbek Ahmedov ishtirok etib Ilhom Mo'minjonovni jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirdi. Tadbir davomida "Neftchi"ning yangi bosh murabbiyi jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Ilhom aka, Siz 2020 yil so'ngiga qadar diskvalifikaciya muddatini o'tadingiz. Aytingchi, mana shu davrda qanday faoliyat bilan shug'ullandingiz?

- Avvalombor, barchaga assalomu alaykum. Bilasizlar, men yaqin ikki yil mobaynida diskvalifikaciya muddatini o'tadim. O'tgan shu davr mobaynida futbolga befarq bo'lmadim, o'z ustimda ishlab nazariy jihatdan malakamni oshirdim. Xususan O'zbekiston futbol associaciyasi ruxsati bilan bir yilu 3 oylik davrda PRO-licenziyasiga o'qidim. Qolgan davrda futbol uchrashuvlarini televidenie orqali tomosha qildim. Ochig'i diskvalifikaciya davrini yakuniga etishini intizorlik bilan kutdim.

"Neftchi"ga kelishimdan avval oldimda 3-4 ta jamoadan takliflar bor edi. Aniqroq aytilsa, O'zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan 3 ta jamoa aniq taklif bilan chiqishgan edi. "Neftchi"ga meni Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov taklif qildi. SHu insonning taklifi bilan jamoada ishlashga rozi bo'ldim. Qolaversa, "Neftchi"ning tarixini, qanday buyuk jamoa ekanligini yaxshi bilaman. Bir vaqtlar Farg'onada qanday futbol o'yinlari bo'lganini, stadionlarga muxlislar sig'may qolgan davrlarni ham ko'rganman. Endi boshqa klubda emas, "Neftchi"da ishlashimni oilamdagilar bilan ham muhokama qildik. Yakunda baribir yuragim shu jamoaga tortdi va zimmaga "Neftchi"ni Superligaga olib chiqish vazifasini oldim.


- Ilhom Mo'minjonov bir qator nomdor klublarda ishlaganligidan kelib chiqib chiqsa, yaqin kunlarda "Neftchi"da bir qator transferlarni ko'rishimiz mumkinmi?

- "Neftchi"ni joriy mavsumda ham PRO-Ligada ishtirok etishi aniq bo'ldi. Bilasizlar, ayni vaqtda PRO-Ligada ham raqobat juda kuchli. Bu ligada ham tajribali futbolchilar xizmati bizga juda zarur. Tez orada biz muzokaralarni boshlaymiz. Bu erda nafaqat men, balki "Neftchi" nomi turibdi. O'ylaymanki, biz taklif bilan chiqqan futbolchilar jamoada o'ynashga rozi bo'lishadi. Albatta selekciya ishlarini olib boramiz, bir qator sifatli futbolchilarni jamoaga olib kelgan xolda Farg'ona xalqini chiroyli g'alabalarimiz bilan xursand qilamiz degan umiddaman.

- Jamoa bilan 4 yillik muddatda shartnoma imzoladingiz. Bu qisqa muddat emas. Demak siz "Neftchi" bilan uzoq davr ishlamoqchisiz. Oldindagi rejalar haqida nimalarni ayta olasiz?

- Haqiqatdan ham rahbariyat menga 4 yillik shartnoma taklif qildi. Bu muddat menga bekorga berilgani yo'q. CHunki bu davrda oldimizga "Neftchi"ni dastlab Superligaga, keyinchalik bosqichma-bosqich Osiyo chempionlar ligasiga olib chiqish vazifasi qo'yildi. Hozirda ayrim iqtidorli yosh futbolchilar boshqa jamoalarga o'tib ketishgan, biz ularni ortga qaytarish bo'yicha ishlaymiz. Oldimizdagi vazifa "Neftchi"ni o'sha shonli davrdagi kabi xolatiga qaytarish, bu jamoadagi faoliyatim nafaqat 4 yil, balki undan ham ko'p bo'lishi mumkin" - deydi "Neftchi"ning yangi ustozi.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика