So’nggi yangiliklar

22:35"Реал" ёзда Родригони сотиб юбориши мумкин  1 22:26Виталий Левченко: "Дербиларда ҳар доим кураш бўлади"  1 21:58Россия кубоги. "Зенит" – ЦСКА. Бошланғич таркиблар аниқ!  6 21:45Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва футзал федерацияси раҳбарияти Осиё Кубоги олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  0 21:35Элит ОЧЛ, ярим финал. "Ал Насср" – "Кавасаки" (онлайн ҳисоб)  33 21:00Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди  8 20:47"Атлетик"ка қарши ўйин олдидан МЮнинг икки футболчиси машғулотларга қайтди  1 20:21"Бавария" 20 млн евролик трансферни ҳал қилди  3 19:40Гюндоган Рюдигер ҳақида: "Тонида провокацион хулқ-атвор бор. У кубок финалида чегарадан чиқди"  17 19:02Ўзбекистон кубоги. "Шўртан"дан йирик ғалаба, "Навбаҳор" Тошкентда, "Машъал" Иштихонда зафар қучди  8 18:05Акобирхўжа Шукуруллаев ишлаган ўйинда меҳмон жамоага техник мағлубият ёзилди. Нимага?  0 17:57Сериал давом этади. Анчелотти Бразилия терма жамоаси билан музокараларни давом эттирмоқда  6 17:00Марказий Осиё. "Аркадағ" ва "Истиқлол" пешқадамликни бой берди, "Абдиш-Ата" кучли учликдан узоқлашди  1 16:52Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Тошкент вилояти футбол академияси U-16 жамоасини мағлуб этди  1 16:42"Ал Ҳилол" Анчелоттига йилига 50 млн евро таклиф қилмоқда  6

Ilhom Mo'minjonov: "Darvozabonlar haqida hadeb gapiraverish ham noto'g'ri" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Darvozabonlar haqida hadeb gapiraverish ham noto'g'ri"

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Bunyodkor" (1:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Bugungi natijaga har doimgidek bosh murabbiy sifatida o'zim  aybdorman. Rahbariyat bizga barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Futbolchilarni o'zim jamlaganman. Ishlashda davom etamiz, lekin klubimiz rahbariyati va muxlislarimizdan uzr so'rayman. Natijaga o'zim aybdorman. 

- Zaxirada faqat 6 futbolchi bor edi. Buning sababi nima?

- Hozirgi kunda bizda jami 7 nafar yo'qotish bor. Qaydnomada darvozabonlar bilan qo'shib hisoblasa 18 ta futbolchimiz bor edi. Jarohatlar haqida aytsam, bahonaga o'xshab qoladi. SHu sabab bu haqida indamay turgandim. Bor imkoniyatdan kelib chiqib harakat qilayapmiz.

- O'yin davomida ko'rindi, jamoada qandaydir parokandalik bordek. Umuman aytganda, o'zi klub tizimida ham parokandalik bormi?

- Bugun jangovor o'yin o'tkazdik. Birinchi bo'limdan so'ng yigitlarga xatolari haqida tushuntirdim. Ikkinchi bo'limda maydonga chiqib 11 daqiqa yaxshi o'ynadik. Goldan keyin jami 33 daqiqa "Bunyodkor" o'ynadi. Futbolchilarimiz himoyada xato qilishdi, ayrimlar o'z poziciyalarini yo'qotishdi. Raqibga uzoq masofadan zarba yo'llashga imkon berib qo'ydik. 2 ta gol jamoamizni sindirdi. Bizda goldan so'ng futbolchilarning o'ziga kelishi qiyin bo'layapti. O'yin oxirida qizil kartochka ham oldik. SHuningdek, Abror Ismoilovning muxlislar tomon amalga oshirgan ishi juda xunuk xolat, bu uchun jamoamiz nomidan uzr so'rayman. Bu masalada o'zi bilan gaplashdik, noto'g'ri ish qilganini anglab etdi. 

- O'tkazilgan gollarda darvozabonning aybi bor deb hisoblaysizmi?

- Darvozabonlar haqida gapiraverish ham noto'g'ri. Avvalgi o'yinda ham darvozabon xatosi haqida gapirilgandi. Qaytarsa bo'lardi, lekin raqibga tepish imkonini berdik, demak himoyamiz ham kuchsiz. Bularni ustida ishlaymiz. Zaxira o'rindig'imiz hozirda juda tor. Bu chuqurlikdan chiqib ketishimiz kerak.

Futbolchini murabbiy yaqinroq biladi. Kimning tezligi qanday, kim o'yinga tayyor xolatda. Bugungi o'yindan so'ng futbolchilar bilan gaplashib oldik. Endi "Dinamo" bilan safarda bo'ladigan o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. 

- Mavsum avvalida rahbariyat kuchli uchlik vazifasi qo'yganini aytgandingiz. Agar rahbariyat qoniqarsiz natijalar tufayli istefongizni so'rasa, bu haqida qanday javob bermoqchisiz?

- Rahbariyat bizga barcha sharoitlarni yaratib bergan. Qoniqarsiz natijalar uchun uzr so'rayman. Jamoa 3 yil deganda endi Superligaga chiqdi. Muxlislardan ham uzr so'rayman. Jamoaga oid har bir harakatni rahbariyat hal qiladi.

- Zaxira o'rindig'i tor bo'lsa, yoshlar jamoalaridan futbolchi jalb qilinsa bo'lmaydimi?

- Bo'ladi, albatta. Biz hozir bu haqida ham o'rganib chiqayapmiz. Bizga hozir natija va natija beradigan o'yinchi kerak. Sizlar gapiraverasizlar, olinglar deb. Hozir SHerzod Karimov haqida so'rashdi, kim qanaqa tayyor ekanini murabbiy yaxshiroq biladi. Har bir mashg'ulotimizda U-21 va U-19 jamoalarimizdan futbolchilar qatnashishadi. Sekin-sekin ularni tarkibga jalb etib boramiz. Qaerda ishlagan bo'lsam, bunday bosqichlardan o'tganman.

- Qizil kartochka haqida fikringiz qanday?

- Bor edi. Hakamning yoniga borganimda bu haqida izoh berdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика