So’nggi yangiliklar

16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  0 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  29 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  0 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  6 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  10 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13

Ilhom Mo'minjonov Buxorodagi o'yindan keyin nimalar dedi? Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov Buxorodagi o'yindan keyin nimalar dedi?

"Buxoro" - "Navbahor" (3:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugungi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. Futbolchilarimga bugungi bahs uchun minnatdorchilik bildiraman. Og'ir vaziyatda o'yin tizginini o'z qo'llariga ola bilishdi. Bugungi jamoalar teng kuchli sanalishadi. Bugun har ikkala jamoa futbolchilari qo'pol emas, agressiv o'yin namoyish etishdi desak xato bo'lmaydi. Men o'z futbolchilarim bilan faxrlanaman.

Birinchi bo'limdan keyin Baqoev bilan tortishib qoldik, shu sababli bizga kizil kartochka ko'rsatildi. Biz uchrashuv paytida raqibmiz, futboldan keyin esa xuddi aka-ukadek bo'lamiz.

Bugun bizning darvozamizga uchta penalti qo'yildi, darvozabonimiz Asilbek Omonovga so'nggi penaltini qaytara olgani uchun minnatdorchilik bildiraman.

Inson hayotda xato qilishi tabiiy, bugun hakamlar ham bazi xatolarga yo'l qo'yishdi. Ularni harakatlarini baholaydigan nazoratchilar bor, shu sababli men ularning qarorlarini muhokama qilmayman.

"Buxoro"ga omad tilayman", - deydi Mo'minjonov.


"Buxoro" matbuot xizmati



Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика