So’nggi yangiliklar

14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  2 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  8 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  12

Ilhom Hamroev: "Yangi murabbiyning g'oya va taktikalarini asta-sekin tushunib boryapmiz" Yangiliklar

Ilhom Hamroev: "Yangi murabbiyning g'oya va taktikalarini asta-sekin tushunib boryapmiz"

Marokashga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng O'zbekiston futzal terma jamoasi azosi Ilhom Hamroev o'z fikrlarini bildirdi.

— O'yin haqida...

— Guvohi bo'lganingizdek, qiyin o'yin guvohiga aylandik. Birinchi uchrashuvda yo'l qo'ygan xatolarimizni ko'rib chiqdik va murabbiy tomonidan tegishli ko'rsatmalarni oldik. SHundan kelib chiqib, murabbiylar mazkur bahsda boshqacha taktika qo'llashdi. O'ylaymanki, birinchi bellashuvga qaraganda ancha yaxshi harakat qildik. Muxlislarni xursand qilolmagan bo'lsak ham, bor kuchimiz bilan harakat qildik. SHu tarzda davom etsak, o'yindan o'yinga kuchayib boramiz. 

— Bugungi o'yin yangi murabbiy qo'l ostidagi uchrashuvlarning eng yaxshirog'i deb aytishimiz mumkinmi?

— Menimcha, shunday. Yangi murabbiyning g'oya va taktikalarini asta-sekin tushunib boryapmiz. Xudo xohlasa, o'yindan o'yinga kuchayib boramiz. 

— Marokash terma jamoasi haqida nima deya olasiz?

— Ular kuchli terma jamoa sanaladi. Ular o'z uslubiga ega. Bunday jamoalarga qarshi o'yinlar orqali tajriba orttiramiz hamda ularning darajasiga etamiz. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика