So’nggi yangiliklar

16:02"Маргарет Тэтчер, эшитяпсанми, сайлов кампаниянг қизиган пайтда менда сенга бир хабар бор..."  0 15:54Қишда "Нефтчи"ни қайси футболчилар эркин агент сифатида тарк этиши мумкин?   1 15:40Ўзбекистон – Уругвай учрашувини кимлар шарҳлаб боради?  3 15:20Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Уругвайда жиддий йўқотиш  1 14:53Футбол бозорида янги давр: "Барселона" Ямаль учун мисли кўрилмаган таклиф олди!  5 14:26Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлик ўйинлари олдидан йиғин ташкил этади  0 13:58"Реал" Ҳоланд учун ҳаракатни бошлади  3 13:31Марсело Бьелса: "Рақиб жамоада Фабио Каннаваро каби юқори малакали мураббий бошчилик қилаётгани биз учун синов"  5 13:05"Қишки тозалаш": "Арсенал" 3 нафар футболчиси билан хайрлашади  1 12:36Ўзбекистон - Уругвай. Тахминий таркибимиз  25 12:30"Бунёдкор"нинг италиялик таҳлилчиси: "Каннаваро – ривожланиш учун улкан имконият"  2 12:11"Арсенал" собиқ футболчиси "Лутон Таун"ни бошқаради  0 11:43"Ал Аҳли" Педро трансфери борасида музокараларни бошлади  0 11:17Netflix Чемпионлар Лигаси ҳуқуқларини сотиб олмоқчи  0 10:40Златан Ибрагимович: "Айримлар бир-икки мавсум ярқ этиб кўринади-ю, сўнг йўқолиб кетади, Модрич эса 20 йилдан буён юқори даражада ўйнамоқда"  8

Ilhom Hamroev: "Niderlandiya jamoasini o'rganib chiqdik. Maqsadimiz eng yaxshi natijamizni takrorlash va imkon qadar o'sha natijani yaxshilash" Yangiliklar

Ilhom Hamroev: "Niderlandiya jamoasini o'rganib chiqdik. Maqsadimiz eng yaxshi natijamizni takrorlash va imkon qadar o'sha natijani yaxshilash"

O'zbekiston futzal terma jamoasi azosi Ilhom Hamroev terma jamoamizning bugungi rasmiy mashg'ulotida OAV vakillari bilan suhbatlashdi.

- Jamoa mundialga qanchalik tayyor bo'ldi? Yangi qo'shilgan futbolchilar jamoaga qo'shilib keta olishdimi?

- Jamoamiz tayyor. Biz uzoq vaqtdan beri tayyorgarlik ko'rdik, kuchli jamoalarga qarshi o'yinlarda ishtirok etdik. Xatolarimiz ustida ishladik. To'g'ri, tarkibimizda bir nechta yo'qotishlar ham bo'ldi va ularning o'rniga yangi futzalchilar jamoaga qo'shilishdi. Qo'shilgan yigitlar ham bizga tanish. Bor etiborimizni birinchi uchrashuvga qaratganmiz.

- Bundan avval ham Jahon chempionatida ishtirok etgansiz, bu safargi mundial vatanimizda bo'lib o'tmoqda. Ushbu musobaqaning masuliyati haqida gapirib o'tsangiz?

- Butun jamoa buni sezib turibdi. O'z xalqimiz ko'z o'ngida parketga chiqish biz uchun haqiqiy sharaf.

- Jamoa sardori jarohat oldi va musobaqani o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Yangi sardorni kim tanladi? Bu jarayon qanday kechdi?

- Birinchi o'quv-mashg'ulot yig'inlarida bosh murabbiyimiz ushbu masalani hal qilgandi. Birinchi sardor - Dilshod Rahmatov, ikkinchi sardor - Ravshan Eliboev va uchinchi sardor men edim. Ikkita sardorimiz jarohat olgani sabab, sardorlik menga o'tdi. Buning masuliyati ham og'ir ekan.

- Dastlabki raqib Niderlandiya terma jamoasi qanday o'rganildi?

- Niderlandiya terma jamoasini ko'p o'rgandik va o'rganishda davom etmoqdamiz. Video tahlillarni ham ko'rib chiqdik, raqibning kuchsiz tomonlari va yaxshi jihatlarini ham o'rganib oldik. Hozir barcha etiborimiz 1-tur bahsiga qaratilgan.

- Jahon chempionati uchun yangi qoplama o'rnatildi. Yangi qoplamada o'ynash qanchalik qiyin ekan?

- Biz 2-3 oy davomida yangi qoplamada o'ynab keldik va o'rtoqlik uchrashuvlarini ham yangi qoplamada o'tkazdik. Bu bizga hech qanday muammo tug'dirmaydi.

- Musobaqadagi maqsadlar qanday?

- Maqsadimiz eng yaxshi natijamizni takrorlash va imkon qadar o'sha natijani yaxshilash, lekin birinchi navbatda, guruhdan chiqib olishimiz kerak.

-  Terma jamoamiz jarohatlar girdobida qolib ketdi. Bir necha kun avval terma jamoamiz sardori Dilshod Rahmatov mundialda ishtirok etmasligini bilib oldik. Jarohatlar soni bunchalik ko'payib ketganiga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz va ushbu jihat qolgan futbolchilarga bosim o'tkazmayaptimi?

- Bizda yaxshi shakllangan jamoa bor. Ushbu vaziyatdan bir jamoa bo'lib chiqib ketishga kelishib oldik.

 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика