Ilhom Hamroev: "Muxlislardan uzr so'raymiz"

Mirjalol Normatov
20 sen 2024
O'zbekiston futzal terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichidagi so'nggi uchrashuvini o'tkazdi.

Vakillarimiz Kosta-Rikaga imkoniyatni boy berdi va musobaqa bilan xayrlashdi. Uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz sardori Ilhom Hamroev fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Muxlislardan uzr so'raymiz. Tarkibimizda yosh o'yinchilar ko'p edi. O'ylashimcha, tajriba yetishmadi. Jarohatlar ham og'ir keldi. Nima desam ekan, bu bizga katta saboq bo'ldi. Keyingi musobaqalarda bu xatolarni qilmaymiz degan umiddaman", - deydi Ilhom Hamroev.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia