So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Ilhom Alijonov: "Andijon" muxlislari uchun o'ynayapmiz. Muammolar? Sabr qilamiz" Yangiliklar

Ilhom Alijonov: "Andijon" muxlislari uchun o'ynayapmiz. Muammolar? Sabr qilamiz"

"Andijon" jamoasi Superliganing 11-turida "Qizilqum"dan ustun keldi (2:0).

Uchrashuvda jamoasining dastlabki golini urgan Ilhom Alijonov saytimizga qisqa intervyu berdi. 

- "Andijon" jamoasi uchun "Qizilqum"ga qarshi o'yin qanday kechdi?

- Og'ir o'yin bo'lishini kutgan edik, chunki "Qizilqum" oxirgi uchrashuvlarni muvaffaqiyatsiz o'tkazayotgandi. Bizga qarshi 200 foiz kuchini ishga solishi aniq edi. Xudoga shukurki, ishonchli hisobda g'alaba qozondik. 

- "Andijon" so'nggi uchrashuvlarda hujumkor o'yin ko'rsatmoqda. Bu futbolchilarning yaxshi formaga kirib olganidanmi yoki murabbiylar shtabi taktikani o'zgartirganligida?

- To'g'ri aytdingiz. Hozirgi futbolda eng yaxshi himoya – bu hujum. Ko'proq hujum qilib vaziyatlar yaratishga harakat qilmoqdamiz. Murabbiy jamoaga qarab taktika tuzyapti. Bazida hujumkor, bazida himoyaviy o'yin ko'rsatyapmiz. 

- Mavsum boshida zaxirada qolayotgandingiz. Bu raqobat bilan bog'liqmidi?

- Mening poziciyamda raqobatchim legioner edi. Tojikiston terma jamoasi sardori. Unga imkoniyat ko'proq berildi. Mana endi sekin-asta asosiy tarkibda maydonga tushyapman. Murabbiyning ishonchini oqlab tursam, davomiy bo'ladi degan umiddaman. 

- Jamoadagi moliyaviy muammolar futbolchilarning kayfiyatiga tasir qilmayaptimi? 

- Tashkiliy ishlar borasida yashirishning hojati yo'q, biroz moliyaviy muammolar borligini bilasiz. Bunga ahamiyat bermasdan, o'yinga o'zimizni professional darajada tayyorlab tushyapmiz. Bunga sabab muxlislar. Futbol ular uchun o'ynaladi. Moliyaviy tomonlar ham yaxshi bo'lib qoladi. Sabr qilamiz. Har bir uchrashuvda qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarga rahmat aytaman.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика