So’nggi yangiliklar

08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  3 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  8 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0

Ildar Sakaev: "Mag'lubiyat uchun barcha aybni o'z zimmamga olaman" Yangiliklar

Ildar Sakaev: "Mag'lubiyat uchun barcha aybni o'z zimmamga olaman"

PRO-Liga 2-turidan o'rin olgan "Yangier" - "Neftchi" (0:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ildar Sakaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Mag'lubiyatga hamisha murabbiy aybdor bo'ladi. Bugun men yutqazdim. Qolgan jihatlarni jamoa ichkarisida hal qilamiz. Bugungi mag'lubiyat uchun hech kimni ayblamagan bo'lardim. Barcha aybni o'z zimmamga olaman.

- Ulug'bek Xudoyberdievga ko'rsatilgan qizil kartochkaga munosabatingiz?

- Bunga hakamlar qo'mitasi baho beradi. Men hozir bu haqida aytishim noto'g'ri. Aytishim mumkin, har bir jamoaga futbol o'ynash uchun imkoniyat yaratib berilishi kerak. Bugungi o'yinda yigitlar borini berib o'ynashdi, lekin hakamlar har ikki jamoaga oxirigacha o'ynash imkonini berishmadi.

- Jamoa o'tgan o'yinda ham, bugun ham 80-daqiqadan keyin gol o'tkazib yubordi. Bu jismoniy tayyorgarlik bilan bog'liqmi?

- Men bunday deb aytmagan bo'lardim. Samarqandda ham, bugun ham hushyorlikni yo'qotib qo'yganimiz evaziga gollar o'tkazdik. O'sha o'yinda samarqandliklar omad evaziga yutib ketishdi. Bugun qizil kartochkadan so'ng o'yinimizni yo'qotdik. SHaxsiy fikrimcha, bu vaziyatda qizil kartochka yo'q edi. Albatta bu mening qarashim, vaziyatni tahlil qiladigan hakamlar qo'mitasi bor.

"Yangier" jamoasi tarkibiga jalb etilgan barcha futbolchilarga ishonishda davom etamiz. Ular mavsum davomida yanada kuchayib borishadi.

"Neftchi" kurashuvchan jamoa, bugun ular agressiv o'yin ko'rsatishdi. Gollarni xatolar va hushyorlikni yo'qotib qo'yganimiz evaziga o'tkazib yubordik.

PRO-Ligada raqobatchi jamoalar ko'p, deyarli barcha jamoalar bir xil darajada. Maksimal natija qilish juda ham qiyin. Ushbu chempionatning saviyasi yildan-yilga ortib bormoqda.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика