Ildar Sakaev: “Biz bugun yutqazmadik...”
09 iyu 2015 20:11
Yangiliklar
Ildar Sakaev: “Biz bugun yutqazmadik...”
O'zbekiston Birinchiligining 1-bosqich, 12-turidan o'rin olgan “CHust-Paxtakor” – “Oq-tepa” jamoalari o'rtasidagi bellashuv yakunlangach, mehmonlar ustozi Ildar Sakaevning fikrlari bilan qiziqdik.
- Bugun bizga omad kulib boqmadi. Raqib darvozasi oldida yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Qolaversa, maydonning holati va kichik xatolarimiz mag'lubiyatimizga zamin yaratdi. Aslida bugun biz yutqazmadik, yutqazishimizga yordam berib yuborishdi.
Jamoa uy o'yinlarini tekis maydonda o'tkazsa, bir hafta o'tar-o'tmas bunday notekis maydonda to'p surish oson emas. To'g'ri, mavsum avvalida ham shunday noqulay maydonlarda to'p surdik, kerak bo'lsa, g'alaba qozondik, ammo har doim ham futbolchilarni sifatli maydondan, sifatsiz maydonga tayyorlash oson emas.
Hakamlar haqida fikr bildirmoqchi emasman. Darvozamizga belgilangan penalti to'g'risida diskni ko'rib chiqqanimizdan keyin gapirishim mumkin.

championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar