So’nggi yangiliklar

21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 21:15Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" (матнли трансляция)  1 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  25 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" 1:2 (матнли трансляция)  5 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1

Ildar Sakaev: "Andijon"ning vazifasi PRO-ligada 1-o'rinni olish va Superligaga chiqish" Yangiliklar

Ildar Sakaev: "Andijon"ning vazifasi PRO-ligada 1-o'rinni olish va Superligaga chiqish"

Teglar :  Ildar SakaevAndijon
O'zbekiston kubogi chorak finali doirasidagi "Andijon" - "Bunyodkor" (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Ildar Sakaev va hujumchi Davron Isoqov ishtirok etdi.

"Bunyodkor" bir necha karra O'zbekiston chempioni. Lekin bu futbol. Kerakmas gollarni o'tkazmaganimizda barcha narsa sodir bo'lishi mumkin edi. Tezkor ikkita gol qo'yib yubordik. O'zimiz qiyin ahvolga tushib qoldik. Oxirigacha kurashdik.

Superligada 4-o'rinda borayotgan klubga qarshi o'yinda o'zimizni sinab ko'rdik", - deydi Ildar Sakaev.

"Birinchi navbatda g'alaba uchun harakat qildik, borimizni berdik. Tajriba va omad etishmadi. Keyingi o'yinlarda muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz", - deydi Davron Isoqov.

- "Andijon" bir tekis o'ynay olmayapti. Masalan, "SHo'rtan"ga 0:1 hisobida yutqazib qo'yadi, yoki "Bunyodkor" bilan tengma-teng o'ynaydi. Bunga sabab nima?

- Jamoa gol o'tkazsa shoshiladi. PRO-liga o'yinlariga futbolchilarni balki etarlicha ruhlantira olmayotgandirman. "Bunyodkor"ga qarshi ortiqcha ruhlantirish shart emas. Barqarorlik yo'qligi birinchi galda murabbiyning aybi.

- "Andijon" Superligaga chiqa oladimi?

- Vazifa PRO-ligada 1-o'rinni olish va Superligaga chiqish. Vazifa o'zgargan yo'q. To'g'ri hozir vaziyat biroz og'ir. O'ylashimcha olishimiz kerak bo'lgan 5 ochkoni boy berdik. Barcha aybni o'z bo'ynimga olaman. Qaytaraman vazifa o'zgarmagan va buni bajarishga harakat qilishda davom etamiz.

- "Bunyodkor"dan ijaraga olingan uch nafar futbolchi bugun o'ynamadi...

- Ijara shartnomasida raqib "Bunyodkor" bo'lsa bu futbolchilar o'ynamasligi haqida band bor edi. SHaxsan o'zim bunday bo'lmasligini xohlardim.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика