So’nggi yangiliklar

20:35Суперлига. "Шўртан" – "Сурхон" 1:1 (матнли трансляция)  3 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  1 20:04"Ювентус" — "Видад". Таркиблар маълум  3 20:00Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  10 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  2 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  1 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  3 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2

Ildar Mamatkazin: "Bizga aniq mana shu o'rinni olasan, deb aytishgani yo'q" Yangiliklar

Ildar Mamatkazin: "Bizga aniq mana shu o'rinni olasan, deb aytishgani yo'q"

Dinamo klubi mazkur turda G'uzorda SHo'rtan bilan kuch sinashib 1:1 hisobida durang o'ynadi. Malumki, ikkinchi davra uchun samarqandliklar tarkibida etiborga molik o'zgarishlar kuzatildi. Buning samarasi o'laroq jamoa o'yinida jonlanish sezilyapti.
CHunki bu bejiz emas. Bosh murabbiy Ravshan Haydarov Dinamoga bir qator yangi o'yinchilarni taklif qildi. Jumladan Paxtakor klubidan himoyachi Ildar Mamatkazin Dinamoga ko'chib o'tdi. Iqtidorli ushbu o'yinchi birinchi davrada SHeralr safida o'zi istaganidek o'ynay olmadi. SHu bois u o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida Dinamoga o'tishga rozi bo'ldi. 15-turda Mamatkazin yangi jamoasi tarkibida birinchi o'yinida ishtirok etdi. SHo'rtanga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng futbolchiga ayrim savollar bilan murojaat qildik.

- Dinamo tarkibida birinchi o'yiningizni o'tkazdingiz va jamoangiz safarda durangga erishdi. Dastlabki o'yindan olgan taassurotlaringiz qanday?

- O'yindan oldin qiyin bo'lishini bilardik. SHu sababli ijobiy natija uchun harakat qildik. Bizga ham, ularga ham ochko kerakligini yaxshi tushunib turgandik. Bemalol ayta olamanki, SHo'rtanga qarshi bellashuv jamoalar uchun uch ochkodan ko'prog'ini beruvchi o'yin bo'ldi. Lekin g'alaba qozonish hech kimga nasib qilmadi.

- Nima deysiz, durang natija Dinamo uchun qoniqarlimi?

- Aslida G'uzorga g'alaba qozonish maqsadida kelganmiz va shuning uchun maydonga tushgandik. Ammo mehmonda o'ynab bir ochkoni qo'lga kiritish unchalik yomon natija deb hisoblamayman. Umuman, ikkinchi davrani tuzuk boshladik.

- SHo'rtan bu yil bo'shroq taassurot qoldirmoqda. SHaxsan bu jamoa haqida nima degan bo'lardingiz?

- To'g'ri, oldingiga qaraganda, nom jixatidan, tarkib jihatidan sezilarli o'zgarishlar bo'ldi. Ammo jamoa o'yin tomonidan yomon taassurot qoldirmadi. Yoshargan jamoasi ham nimanidir o'zgartira oladi deb o'ylayman.

- 1:1 hisobi o'yinga mos tushdimi?

- Mos keldi desa ham bo'ladi. Uchrashuv davomida SHo'rtanda ham, bizda ham imkoniyatlar bo'ldi. Ammo, shu kuni faqat g'alaba uchun o'ynagandik.

- Yangi klubingizga moslashish jarayoni qiyin kechmayaptimi?

- Yo'q, qiyin bo'lmayapti. Dinamoga kelganimda ko'pchilik o'yinchilarni bilardim. SHuning evaziga hammasi bilan til topishib ketdim. Qiyinchiliklarni sezganim ham yo'q. Jamoa ahil, barchamiz faqat g'alaba uchun maydonga tushayapmiz.

- Ikkinchi davradan boshlab faoliyatingizni Dinamoda boshlashingizning boisi nimada?

- Bilasiz, menga o'yin amaliyoti kerak edi. Paxtakor jamoasida etarli darajada o'ynay olganim yo'q. Birinchi davradan so'ng klublar kelishgan holda men ijara asosida Samarqandga keldim. Birinchi davrada zahirada ko'p qolib ketdim. Men esa o'ynashni xohlayman. SHuning uchun Dinamoga keldim. Bu erga samarqandliklar uchun yordam berishga keldim. Umid qilamanki, Dinamo bilan muxlislar ishonchni oqlayman.

- Paxtakor Bunyodkor maydonida 1:2 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu natijani qanday qabul qildingiz?

- Tabiiyki, bundan rosa xursand bo'ldim, omadini bersin.

- Sobiq jamoangizning g'alabasini kutmagandingizmi?

- Nega endi? Yutishini bilardim.

- Birinchi davrada Dinamo kutilganidek qatnasha olmadi. Davralar oralig'ida o'zgarishlar yuz berdi va tarkibga siz kabi yangi o'yinchilar jalb qilindi. SHundan keyin jamoa oldiga qanday vazifa qo'yildi?

- Bizga aniq mana shu o'rinni olasan, deb aytishgani yo'q. Har qanday sharoitda ham o'z o'yinimizni ko'rsatib muxlislarni quvontirish uchun harakat qilamiz. SHuningdek, imkoni boricha yuqori o'rinlardan birini qo'lga kiritish uchun ham kurash olib boramiz. Asosiysi hozirga kelib jamoada kayfiyat yaxshi. Jamoa mana 11-turdan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay, ochko yig'ishda davom etmoqda. Umid qilamanki, keyingi o'yinlarimizda ham o'zimizga bo'lgan ishonch yanada ortib g'alabalar bilan muxlislarimizni quvontiramiz.

- Baribir ikkinchi davrada jamoa har jabhada kuchaygandek taassurot uyg'otmoqda. Bu borada sizga ham masulyait yuklandi...

- Ha, buni bilaman. O'zimiz uchun ham ijobiy natija ko'rsatsak yaxshi bo'ladi. Yangi kelgan o'yinchilar uchun hozir moslashish jarayoni kechmoqda. Oldimizda, Nasafga qarshi o'yin turibdi. Ushbu bahsda ham samarqandlik muxlislar ishonchini oqlashimiz kerak.

SHuhratbek JO'RAEV suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика