Ikrom Aliboev "Tedjon"ni tark etdi
05 jan 2022 14:10
Yangiliklar
Ikrom Aliboev "Tedjon"ni tark etdi
2021 yilgi mavsum Janubiy Koreyaning K-2 ligasi vakili "Tedjon" safida o'tkazgan hamyurtimiz Ikrom Aliboev to'p tepdi.
Malum bo'lishicha, Aliboev "Tedjon"ni tark etdi. Futbolchi bilan bog'langanimizda uning shartnomasi tugagani bois, jamoa bilan xayrlashganini malum qildi.
Malumot uchun, Aliboev 2021 yilning mart oyida jamoa bilan shartnoma imzolagan edi.
Klub safida yakunlangan mavsumda 17ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Avvalroq Oleg Zoteev va Jamshid Iskanderov ham jamoalari bilan xayrlashganini malum qilgan edik.
Fikrlar