So’nggi yangiliklar

00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  0 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  8 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  4 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  19 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  2 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  71 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  1 19:52Ёшлигидан пулга қизиққан Мемфис, 44 ёшни қаршилаган Сиссе ва бошқалар. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  2

Ikrom Aliboev: "Safarda ham gol urish yoqadi" Yangiliklar

Ikrom Aliboev: "Safarda ham gol urish yoqadi"

Amaldagi O'zbekiston chempioni va mamlakat kubogi sohibi Toshkentning "Lokomotiv" klubi ushbu sovrilarni o'zida saqlab qolishi mumkin.

Jamoa bunga anchagina yaqin turibdi. "Temiryo'lchilar" yaqindagina kubok yarim finalida "Nasaf"ni dog'da qoldirib finalga chiqishdi, bundan tashqari jamoa oliy liga tugashiga oltita tur qolganida 7 ochkolik farq bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi. Biz jamoa yarim himoyachisi Ikrom Aliboev bilan ushbu mavsum borasida suhbatlashishga qaror qildik.

- 2017 yilgi mavsum ham deyarli oxirlab qoldi. Yakunlanayotgan mavsum "Lokomotiv" uchun qanday o'tmoqda?

- Bu yilgi mavsumni zo'r deb bo'lmaydiyu, lekin yaxshi o'tmoqda desam to'g'riroq bo'lsa kerak. Sababi chempionatda birinchi o'rindamiz, yaqinda O'zbekiston kubogida finalga chiqdik. Faqat Osiyo chempionlar ligasida yaxshi ishtirok eta olmadik. Guruhdan chiqa olmaganimiz odamni xafa qildi.

- "Lokomotiv" o'tgan yil OCHLda chorak finalga qadar borgandi. Nima uchun hech bo'lmasa o'tgan yilgi natija takrorlanmadi deb o'ylaysiz?

- Guruh bahslarini unchalik yomon boshlamagandik, lekin uyda oxirgi daqiqalarda o'tkazib yuborgan gollarimiz bizga pand berib qo'ydi. Agar guruh bahslaridan o'tib olganimizda balki o'tgan yilgidan yaxshiroq natija qayd etishimiz mumkin edi.


- Jamoa boshqalardan yaxshigina farq bilan oldinda bormoqda va ketma-ket ikkinchi chempionlikka yaqinsizlar. Bu nimaning evaziga bo'lmoqda deb o'ylaysiz?
- Albatta murabbiylarning tinimsiz mehnatlari, ko'rsatmalari, har bir raqibni yaxshi o'rganishimiz va jamoadagi ahillik tufayli bo'lmoqda. Maqsadimiz barcha o'yinlarda g'olib bo'lish va sovrinlar yutish.

- Bu yil shaxsan siz uchun eng qiyin bahs qaysi bo'ldi?

- To'g'risi chempionatda oson o'yin bo'lganini eslay olmayapman, har bir uchrashuv o'ziga yarasha qiyin bo'ldi. Masalan o'sha "Obod"ni 7:0 yutganimizda ham, "Dinamo" jamoasiga qarshi (2:0) bahsda ham raqiblarda ajoyib imkoniyatlar bo'lgandi. Ayniqsa bu mavsumda ko'plab jamoalar yuqori o'rinlar uchun kurashishmoqda.

- Yil boshida raqamingizni o'zgartirdingiz. Bu qanday tasir qildi deb o'ylaysiz? Ijobiy yoki salbiy?

- Menimcha raqamim o'yinimda unchalik ahamiyat kasb etmaydi. Aytishadiku raqam futbolchini emas, futbolchi raqamni tanitadi deb. Yil boshida jamoada 9-raqam bo'shaganida menga ushbu raqamni taklif qilishdi. O'zim 9 yanvarda tug'ilganman, shu bois raqamimini o'zgartirishga qaror qildim.

- "Lokomotiv" ketma-ket ikkinchi yil ikkala sovrinni yutishiga qanchalik ishonasiz?

- Oldindan hech narsani deb bo'lmaydi, bu futbol. Lekin o'tgan yilgi natijamizni takrorlashga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Barcha yigitlarning niyati ham, maqsadi ham shu.

- Jamoaning maqsadini aytdingiz. Ikrom Aliboev yil boshida o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan edi?

- O'z o'yinimni o'stirishga harakat qilyapman, hali o'rganadigan narsalarim juda ko'p, ko'proq gol urishni maqsad qilgandim, o'tgan yili 2ta gol urgan bo'lsam bu yil 4ta gol urdim. Qaysidir manoda ozgina oldinga o'sish qildim. Hali olinda yana o'yinlar bor. Bu ko'rsatkichni yana yaxshilashga imkoniyatim bor. Lekin baribir birinchi navbatda jamoaviy natijalar turadi.


- Ikrom Aliboev keyingi yil ham "Lokomotiv"da o'ynaydimi?
- Hammasini vaqt ko'rsatadi. Ertaga nima bo'ladi hech kim bilmaydi. O'zimni legioner sifatida sinab ko'rish niyatim bor. Lekin hozircha "Lokomotiv" tarkibida ekanman shu jamoa uchun jonimni berishga ham tayyorman.

- Statistikaga murojaat qilsak siz oliy ligada shu paytga qadar 7ta gol urgansiz. SHundan 6tasini uydagi o'yinlarda urgan ekansiz. Safarda gol urish yoqmaydimi?

- (kuladi) Yoqmaydi deb javob bersam kulgili bo'lsa kerak. Bilmadim safarda negadir omadim kelmaydi. Safardagi birinchi golimni ham yaqinda, ikki tur avval "Olmaliq" darvozasiga urdi. Balkim ana endi safarda ham ko'proq omadim kelar.

- PFL qaroriga ko'ra oliy ligadan chetlatilgan "Obod" haqida qanday fikrdasiz?

- Albatta afsusdaman. Bunday jamoalar chempionat saviyasiga ozgina bo'lsa ham putur etkazib qo'yadi. "Obod" mavsum oxirigacha chempionatda qatnashmagani odamni ranjitdi.

- O'tgan yil "temiryo'lchilar"ning etakchilaridan biri bo'lgan Sanjar SHoahmedov Qatarning "Al Sayliya" klubidan qaytib kelgach xuddi o'zgarib qolgandek. Juda kam maydonga tushmoqda. Unga nima bo'ldi?

- Sanjarning holati yaxshi. U Qatardan qaytganidan so'ng kichik jarohat olgandi. Jarohatidan tiklanib hozir yaxshi formada, mashg'ulotlarda bor kuchi bilan ishlayapti. Maydonga nega kam tushayotganligini mendan emas murabbiylardan so'rash to'g'riroq bo'lardi.



- Mavsum oxirlab bormoqda. "Lokomotiv" futbolchilarini inobatga olmagan holda 2017 yilgi oliy liganing eng kuchli uch nafar futbolchisi deb kimlarni ayta olasiz?  
- Agar "Lokomotiv"dan tanlash mumkin bo'lmasa "Bunyodkor" yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov, "Nasaf" hujumchis Dragan CHeran va "Paxtakor" himoyachisi Marko Simich.

- 2018 yilgi Rossiyada o'tadigan Jahon chempionatiga chiqa olmagan chet elning qaysi jamoalarga achindingiz va qaysi jamoalar mundialga chiqqanidan xayron qoldingiz?
- Mundialga ko'plab yaxshi jamoalar chiqa olmadi. Evropadan masalan Gollandiya, SHimoliy Amerikadan AQSH, Janubiy Amerikadan esa CHili. To'g'risi CHili terma jamoasi uchun haqiqatdan ham achindim. CHunki ular chempionatning bezagi bo'lar edi.  
Xayron qoldirgan jamoalar ikkita - Panama va Islandiya. Ikkala mamlakat ham o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga chiqdi. SHaxsiy fikrimcha Panama Jahon chempionatida nimadir qilishiga ishonish qiyin, lekin Islandiya ko'p jamoalarga bosh og'riq bo'lishini kutaman.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика