So’nggi yangiliklar

23:39Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  1 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  0 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  8 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  13 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  10 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0

Ikrom Aliboev: "O'zbekistonda ham, Koreyada ham jarohatimni sababini ayta olishmadi. Germaniyada o'z hisobimdan operaciya qildirdim" Yangiliklar

Ikrom Aliboev: "O'zbekistonda ham, Koreyada ham jarohatimni sababini ayta olishmadi. Germaniyada o'z hisobimdan operaciya qildirdim"

O'FA matbuot xizmati terma jamoamizning BAAdagi yig'ini davomida yarim himoyachi Ikrom Aliboev bilan intervyu tashkil qildi.

Futbolchi suhbat davomida jarohati xususida ham fikr bildirdi. 

"Jarohatim bitta vaziyatda yuzaga kelmagandi. U yillar davomida yig'ilib keldi. Ushbu jarohat bilan o'yinlarda qatnashdim. O'sha paytlar murabbiy o'zgarib, o'yin amaliyoti bermayotganlar paytlar edi. SHunday vaziyatda o'tgan yilning oktyabr oyida terma jamoa yig'inlariga chaqirildim.  Bir tomonda "Seul" bilan OCHLga tayyorlanishimiz kerak edi. Mashg'ulotlarga qo'shilishimga jarohatim yo'l qo'ymadi. Qatiy tashxis qo'yilishini koreyalik shifokorlarga aytdim. Tekshirishdi, baribir topa olishmadi. Jarohat qorin sohasi orqali ketgandi. Oxiri O'zbekistonga qaytdim. O'zimizdagi shifokorlarga ko'rsatdim. Ular ham aniq sababini bilishgani yo'q. Yangi mavsum oldidan Koreyaga qaytib bordim. Mashg'ulotlarni boshlayotganimda yana jarohat pand berdi. Bunday pallada ruhiyatim ham tushib ketdi. 

Seuldagi milliy universitetning eng yaxshi shifokoriga olib borishdi. U shifokor bir haftadan so'ng tashxis qo'yishini, so'ng operaciya qilishini aytdi. Koreyadagi do'stlarim orasida bunday jarrohlik amaliyotini o'taganlar bor ekan. Ularning aytishicha, operaciya muvaffaqiyatli chiqmagan. Do'stlarimning tavsiyasi bilan Germaniyaga borishni maqsad qildim. Mazkur istagimni klubdagilarga ham aytdim. "Seul"dagilar Koreyadagi operaciya qildirsam, barcha mablag'larni to'lab beramiz, deyishdi. Germaniyada esa o'zim qildirishimni takidlashdi. Sog'liq birinchi o'rinda turganda pul ko'zga ko'rinmaydi. Jarohat yuqorida aytganimdek qorin va oyoq sohasini birlashmasida bosim ko'payganidan nervlar siqilib qolgan. Uni jarrohlik amaliyoti bilan to'g'irlashdi. Hozirda holatim 90, 95 foizga yaxshi",- deydi Ikrom Aliboev O'FA matbuot xizmatiga.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика