So’nggi yangiliklar

10:07Ўртоқлик учрашуви. «Насаф» «Шахтёр»ни мағлуб этди  3 09:36«Андижон» икки нафар футболчини ижарага берди. Бири Қозоғистон чемпионатига йўл олди  0 09:01Гвардиола Ҳусановнинг ўйнига юқори баҳо берди  12 08:33АПЛнинг жорий турида ушбу кўрсаткич бўйича Ҳусанов тенгсиз!  4 08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  5 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  6 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  5 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  1 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  8 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  3 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181

Ikrom Aliboev operaciya stoliga yotadi. Barcha xarajatlar o'z hisobidan bo'ladi Yangiliklar

Ikrom Aliboev operaciya stoliga yotadi. Barcha xarajatlar o'z hisobidan bo'ladi

O'zbekiston terma jamoasi va "Seul" klubi yarim himoyachisi Ikrom Aliboevni uzoq vaqtdan buyon jarohat qiynab kelayotgan edi.

Terma jamoamiz shifokori Abror Pirriev telegramdagi o'z kanalida Aliboev operaciya stoliga yotishini malum qildi.

"Yana bir futbolchimiz – Ikrom Aliboev jarrohlik stoliga yotadigan bo'ldi. Uni anchadan beri bezovta qilib, jamoasida muqim o'ynashiga bermayotgan chov sohasidagi og'riqqa sabab bo'layotgan omilni bartaraf etishning so'nggi chorasi operaciya bo'lib qoldi. Bunday paytda operaciyani qaerda va kimga qildirish haqida professional futbolchi ming o'lchab bir kesadi. Ikrom ham shunday qildi va u kecha Germaniyaga uchib ketdi.

MTJ azosining jarrohlik stoliga yotishidan tashqari ko'nglimni xira qilayotgan yana bir jihat: u barcha xarajatlarni o'z cho'ntagidan sarflamoqda: operaciya, aviachipta va hokazo. Men yurist emasman va Ikromning kontrakti bilan ham tanish emasman, ammo qanday vaziyat bo'lmasin u to'p tepayotgan jamoa hamyurtimizning aynan o'yin va mashg'ulotlar mahali orttirgan tibbiy muammosini hal etishda javobgar ekanligi aniq (kuni kecha futbolchilar uyushmasi raisi Kamoliddin Murzoev bilan ham shu masalada fikr almashdik).

Bu borada masalaga oydinlik kiritilar, asosiysi, hamyurtimiz jarrrohlik muolajasini muvaffaqiyatli o'tkazib olsa bo'lgani...", - deb yozadi Pirriev.

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика