So’nggi yangiliklar

16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  3 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  29 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  0 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  10 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  15

Ikrom Aliboev: "Al Vahda" jamoasi meni qoyil qoldirmadi" Yangiliklar

Ikrom Aliboev: "Al Vahda" jamoasi meni qoyil qoldirmadi"

Kecha Toshkentning "Lokomotiv" klubi OCHL guruh bosqichi 1-tur uchrashuvini o'tkazdi.

"Temiryo'lchilar" OCHL musobaqasini BAAning "Al Vahda" jamoasiga qarshi bahs bilan boshladi va yirik 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuvdan so'ng "Lokomotiv" klubi futbolchisi Ikrom Aliboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


"Al Vahda"ga qarshi uchrashuvning birinchi bo'limi biz uchun biroz qiyin kechdi. Ushbu jamoani juda ham yaxshi o'rganib chiqqandik. Murabbiylarimiz bizga "Al Vahda"ga qarshi pressing qo'llashimizni va qarshi hujumda ularni jazolashimizni aytishgandi. Bu narsa bizga qo'l keldi va yirik 5:0 hisobida g'alaba qozondik. Maydon markazidan raqib darvozasini ishg'ol qilganimdan xursandman. Bunday vaziyatlarni sekundlarda xal qilish kerak. Qaraganimda o'ng qanotda Sardor Rashidov ochiq turgandi. Raqib darvozaboni ham oldinga chiqib olganini ko'rdim. Rashidovga to'pni uzatsam ham bo'lardi. 

Lekin vaziyatni o'zim xal qilishga qaror qildim va to'pga bor kuchim bilan zarba berdim. Darvozabon qancha urinmasin baribir to'pni qaytara olmadi. SHu tariqa darvozani ishg'ol qildim. To'g'risini aytsam, "Al Vahda" jamoasi meni qoyil qoldirmadi. Ushbu jamoadan kuchliroq o'yin kutgan edik. Ikkinchi bo'limdagi tezkor kiritilgan gollar ularni sindirib qo'ydi. "Al Vahda" jamoasida Evropa darajasidagi Balaj Djudjak bizga qarshi to'p tepdi. Bu futbolchi juda ham tajribali. Kuchli futbolchilarga qarshi bahs olib borish har safar yoqimli bo'ladi. Bundan tashqari Ismoil Matar ham o'z vaqtida Osiyoning eng yaxshi futbolchisi edi", - deydi Ikrom Aliboev


To'g'risini aytsam, "Al Vahda" jamoasi meni qoyil qoldirmadi



Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика