Ikkita o'yinda sakkizta gol, lekin bitta g'alaba (Mulohaza uchun mavzu)
14 sen 2014 11:20
Yangiliklar

Ikkita o'yinda sakkizta gol, lekin bitta g'alaba (Mulohaza uchun mavzu)
“Navbahor” o'zining oxirgi ikki o'yinida oz emas, ko'p emas naqd sakkizta (!) gol urdi.
Jamoa o'z maydonida “Metallurg”ni 4:2 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, safarda “So'g'diyona”ga 4:5 hisobida mag'lub bo'ldi. Ikkita o'yinda sakkizta to'p kiritish hollari futbolda kamdan kam ro'y beradi. Buni hatto dunyoning manaman degan klublariyam eplolmaydi. Eplagan taqdirda ham o'sha klublar har ikkala bellashuvda g'alaba qozonishadi. Masalan, “Real” kimnidir 5:0, kimnidir 3:0ga yutib o'z hisobiga olti ochkoni yozib qo'yishi mumkin.
Ammo “Navbahor” “Metallurg” darvozasiga to'rtta gol urib g'alaba qozongan bo'lsa, “So'g'diyona”ga ham shuncha to'p kiritib mag'lub bo'ldi. CHunki ular beshta gol o'tkazib yuborishdi. “Navbahor”ning aynan shu ikki uchrashuvda 8ta gol urgani juda g'alati. Oliy ligadan tushib ketishi kutilayotgan “So'g'diyona”dan beshta gol o'tkazib yuborgani esa undan-da g'alati. “Navbahor” nisbatan kuchli “Neftchi” va “Nasaf” bilan ham safarda o'yin o'tkazdi, ammo ikkala uchrashuvda ham 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
Masalan, “Nasaf” o'zining yagona golini o'yin oxirlarida arang penaltidan urdi. “So'g'diyona” esa birdaniga kuchayib qoldi (aftidan hamma mukofot pullari hisob-kitob qilingan ko'rinadi), natijada bir uchrashuvning o'zidayoq “Navbahor”ga beshta gol urdi. Vaholanki bu jamoa ikkinchi davra boshlanganidan beri dastlabki beshta bahsda atigi to'rtta to'p kiritgandi: “Mashal”ga ikkita, “Dinamo” bilan “Buxoro”ga bittadan. “Navbahor” bilan bahsda esa aftidan yigitlarning ishtahasi ochilib ketdi va qanday qilib beshta gol urishganini o'zlari ham sezmay qolishdi.
Endi shu o'yin protokoliga etibor qaratamiz. O'yinda SHahboz Erkinov 8-daqiqada hisobni ochadi. 25-daqiqada Suhrob Berdiev hisobni tenglashtiradi. Oradan uch daqiqa o'tib Aleksandr Koblash 2:1 ko'rinishga keltiradi. Oradan bir daqiqa o'tib Akbar Sattaevning avtogoli tufayli qarabsizki hisob 3:1 bo'lib turibdi-da. 32-daqiqada Baxtiyor Yoqubov hisobni biroz qisqartiradi - 3:2. SHu tariqa birinchi taym tugaydi.
Ikkinchi taymda SH.Erkinov penaltidan gol urib hisobni tenglashtiradi. 75-daqiqada SHahbozning o'zi yana to'p kiritadi. Oradan bir daqiqa o'tib bu safar Koblash gol uradi. Hisob 4:4. Va nihoyat o'yinning oxirgi daqiqalarida I. Komilov gol urib jamoasiga 5:4 hisobidagi g'alabani taqdim etadi. SHunday qilib dramatik tarzda kechgan bahs “So'g'diyona”ning muhim g'alabasi bilan yakuniga etadi.
Men bu o'yinni ko'rganim yo'q va mana shunday gollarga boy bellashuvlarni ko'rishni juda-juda xohlardim. CHunki bitta o'yinda to'qqizta gol kiritilishi kamdan kam hollarda ro'y beradi. Qolaversa, shu o'yinda uchta gol urgan SHahboz Erkinov mavsumdagi gollari sonini 10taga etkazib oldi. Qizig'i shundaki, SHahboz o'nta goldan oltitasini faqat bir jamoaga urdi: “So'g'diyona”ga. Yani, uyda uchta, safarda uchta. SHuningdek, “Olmaliq”qa ikkita, “Andijon” bilan “Metallurg”ga bittadan to'p kiritdi. Va mana shu uchala uchrashuv ham Namanganda o'tkazilgan mahal Erkinov raqiblar darvozasiga to'p kiritgan.
Hujumchilarimiz gol urmay qo'yishdi deb noliyotgandik, mana o'rtamiyona jamoa safida to'p tepib ham o'nta gol ursa bo'larkan. Bo'lib ham hali chempionat tugagani yo'q va SHahboz gollari sonini 15taga etkazib olishi mumkin. Endi Mirjalol Qosimov SHahboz Erkinovni ham terma jamoaning oktyabr oyidagi yig'inlariga chaqirsa ajab emas. “So'g'diyona” - “Navbahor” bahsida qandaydir bir-ikki daqiqa oralig'ida ikki bor to'p kiritilishi ikki marta sodir bo'ldi: 28-29-daqiqalarda va 75-76-daqiqalarda. “Navbahor” - “Metallurg” bahsida esa bunday holat bir marta kuzatilgandi. Yani, Otabek Valijonov 86-87-daqiqalarda to'p kiritgandi.
CHempionatimizda gollarga boy o'yinlar qancha ko'paysa muxlislarga shuncha maza. CHunki muxlis gol ko'rarmikanman degan o'yda stadionga keladi. “Navbahor”, “So'g'diyona” kabi har bir hujumini gol bilan yakunlovchi jamoalar ham oliy ligamizga o'ziga yarasha bezak berib turibdi. Faqat bir savol qiynayapti: oxirgi ikkita o'yinda 8ta gol urgan “Navbahor” keyingi to'rtta bellashuvda nechta to'p kirita oladi? Jamoaning raqiblari: “Bunyodkor”, “Andijon”, “Paxtakor” va “Qizilqum”.
Bundan tashqari, ikkinchi davra boshlanganidan beri oltita o'yinda 9ta to'p kiritgan “So'g'diyona” navbatdagi to'rt uchrashuvda nechta gol uradi? Bu ham ko'pchilikka qiziq bo'lsa kerak. “So'g'diyona”ning raqiblari - “Nasaf”, “Metallurg”, “Neftchi” va “Bunyodkor”.
Men bo'sh paytlarimda bazan PES 2013 o'ynab turaman. Lekin ishonmasligingiz mumkin, hali 5:4ga yutgan yoki yutqazgan holatlar menda kuzatilmagan. Vaholanki, bu oddiy kompyuter o'yini. Oliy ligamiz esa real futbol va haqiqiy futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin ekan.
X.Xoliqov.

Fikrlar