So’nggi yangiliklar

14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  14 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  1 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  84 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  12 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  1 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  3

Ikki nafar o'zbekistonlik yosh istedod egasi Germaniyada malaka oshiradi Yangiliklar

Ikki nafar o'zbekistonlik yosh istedod egasi Germaniyada malaka oshiradi

10 kun davomida, "JFL Tashkent" bolalar futbol klubi mehmoni bo'lgan Germaniyaning "JFL" akademiyasi rahbarlari, bugun poytaxtimizda so'ngi ish kunlarini o'tkazdilar.

Safar davomida nemis mutaxassislari maktab murabbiylarini o'z metodikalari bilan tanishtirgan holda, bolalar bilan qiziqarli mashg'ulotlarni o'tkazdilar.

Rejaga ko'ra, ular o'zlariga manzur bo'lgan bir nafar tarbiyalanuvchini Germaniyaga olib ketishlari kerak edi. Tarkibga yig'ilgan bir qator istedodli futbolchilar murabbiylarini ancha o'ylantirishga sabab bo'ldi. Natijada mehmonlar ikki nafar "JFL Tashkent" tarbiyalanuvchisini SHlotxaymdagi "JFL" akademiyasiga olib ketishga qaror qildilar.

"To'g'risini aytaman, maqtash emas. Sizlarda tarbiya topayotgan 2007 va 2008 yillarda tug'ilgan futbolchilar biznikilardan bir bosh ustun. Bizda bu yoshda endi-endi futbol o'ynashni o'rganishadi. Sal turtilib ketsa oyisini qidirib, yig'lab qolishadi. O'zbeklarda umuman aksini ko'rdik, shu yoshdanoq jiddiy futbol o'ynashayapti. Faqat o'tish bosqichida muammo bor ekan. Buni birgalikda echamiz", - deydi germaniyalik mutaxassis Sabrina Kurcner.

18 aprel kuni "Real Sosedad" safida Ispaniya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan Kiko Zuniga Toshkentga uchib keladi va 14 davomida O'zbekistonda bo'lib, "JFL Tashkent" bolalariga futbol sir asrorlarini o'rgatadi. Undan tashqari mehmon, Samarqand va vodiyda ochilishi rejalashtirilayotgan filialga tashrif buyuradi. SHuningdek, uch kun davomida Surxondaryoga ham safar qilish rejalashtirilgan.


Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика