Ikki klub Italiya Superkubogiga boykot elon qilmoqchi
10 okt 2023 21:11
Yangiliklar
Ikki klub Italiya Superkubogiga boykot elon qilmoqchi
Ispaniya tajribasidan kelib chiqqan holda Italiya ham Superkubok bahslarini to'rt klub ishtirokida o'tkazmoqchi.
SHuningdek, uchrashuvlar Saudiya Arabistonida o'tkazilishi reja qilinayotgandi.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "Napoli" va "Fiorentina" Superkubok bahslariga boykot elon qilmoqchi. Klub prezidentlari ushbu turnirning Italiyada o'tkazilishini istashyapti. SHu orqali ular turnirning xavfsiz o'tishi va pley-off bahslari o'zlari uchun yaqinroq joylarda bo'lishini taminlashmoqchi.
Agarda "Napoli" va "Fiorentina" turnirda ishtirok etishdan bosh tortsa, "Milan" va "Atalanta" ularning o'rniga ishtirok etishadi.
Fikrlar