Ikki Kataloniya nashri ochiqchasiga "Yuventus"ni qo'llab-quvvatladi

Aslanov Jasurbek
3 iyun 2017, 16:10
Kataloniyaning Mundo Deportivo va Sport.es nashrlari "Yuventus" hamda "Real" o'rtasida bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi final bahsi oldidan "keksa sinora"ni qo'llab-quvvatladi.

Mundo Deportivo nashri o'z muqovasida "Barselona" sobiq himoyachisi, hozirda "Yuventus" sharafini himoya qilayotgan Dani Alves suratini bosib chiqardi va unga "Olg'a, Alves" so'zini qo'shib qo'ydi.



Sport.es esa his-tuyg'ularini yashirmadi va "Olg'a, Yuve" sarlavhasi bilan bugungi gazetalarini sotuvga qo'ydi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com