So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  1 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  2 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

"Ikki frontda kurashayotganimiz uchun oson bo'lmayapti". Abramov g'alaba, yarimfinalda kimni kutayotgani va Kojo haqida Yangiliklar

"Ikki frontda kurashayotganimiz uchun oson bo'lmayapti". Abramov g'alaba, yarimfinalda kimni kutayotgani va Kojo haqida

O'zbekiston kubogi 1/4 finali doirasidagi Dinamo - Olimpik (4:3) o'yinidan keyin dastlab Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov fikrlarini bildirdi.

PRO-Liga klubi Superliga jamoasini mag'lub etgani haqida
- Yigitlarni etirof etish kerak, ular g'alaba uchun bor kuchlarini maydonga tashlashdi. Xursand qilmaydigan yagona jihati hozirgi taqvim shunday ko'rinishdaki, bugun o'tkazgan qo'shimcha bo'limlardan keyin tezroq tiklanishimiz zarur. Pro ligada ketma-ket o'yinlar sababli bir oy oldingi katta farqni qo'ldan chiqarib qo'ydik. Ikki frontda kurashayotganimiz uchun oson bo'layotgani yo'q. 4 sentyabrda «Lokomotiv»ga qarshi muhim o'yin kutib turibdi. Tezroq tiklanish shart.

Atmosfera va muxlislar haqida
- Futbolchilarga rahmat, ikki marta ham hisobda ortda qolib, qo'shimcha bo'limlarda kambek qilishga kuch topa oldik. Bugungi o'yin samarqandlik muxlislarga ham yoqdi deb o'ylayman, keyingi o'yinimizda yanada ham ko'proq muxlis kelishiga umid qilaman. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashisiz bizga qiyin bo'lardi.

- 120 daqiqalik o'yinda nisbatan yosh va ko'p yuguradigan «Olimpik» qanday mag'lub etildi?
- Takrorlayman, yigitlardan minnatdorman, ular borlarini sarflab, oxirigacha kurashishdi. Birinchi bo'limda vaziyatlarni ko'kka sovurgan bo'lsak-da, keyin foydalana oldik. Zaxiradan maydonga tushgan yangi kuchlar ham katta yordam berishdi va gol urdik.

- «Andijon-SGS» bilan o'yinda ochko yo'qotilgach, jamoani o'yinga ruhan tayyorlash oson kechmagandir?
- Aksincha, kubok bahslari ekani bois osonroq kechdi. Har holda biz deyarli O'zbekiston olimpiya jamoasiga qarshi to'p surdik. Andijondagi o'yinda esa hammasi o'zimizning aybimiz bilan bo'ldi, yigitlarni o'sha bahsga ruhan tayyorlay olmagan ko'rinamiz, natijada durang bilan qaytdik. Ko'p narsa jamoaning ruhiy tayyorgarligiga ham bog'liq.

- Kubok yarimfinalida qaysidir jamoani kutyapsizmi?
- Men hech kimni kutmayapman, bilamanki OKMK bizga raqib bo'ladi. Yarimfinal o'yinlaridan keyin buni tekshirishingiz ham mumkin (kuladi).  

- O'yindan tashqari savol – OCHL guruh bosqichiga bir yo'la 4 jamoamiz yo'l oldi. Bu o'zbek klublari saviyasi oshganini anglatadimi?
- Bu bahsli savol. Albatta, klublarimizni tabriklayman, bu katta muvaffaqiyat. Ammo obektiv qarasak, yaxshisi guruh bosqichi qanday o'tishini kutish kerak. CHunki arab chempionatlarida mavsum hali endi boshlandi. SHunga qaramay, bu klublarimizning muxlislarga taqdim etadigan bayramiga soya sola olmaydi. 4 klubimiz OCHL guruh bosqichida o'ynashi ajoyib. Qolaversa, «Dinamo»da ham OCHLga chiqish uchun imkoniyat paydo bo'layotgani quvonarli.

- O'yin qahramoni Kojoning ahvoli qanday?
- Kojo ikkita gol kiritdi, jamoani qutqardi va o'z vazifasini bajardi. Joel uchrashuv oxirida jarohat oldi shekilli, maydonni tark etishga majbur bo'ldi. Tiklanish jarayonida uning holati malum bo'ladi, - deydi Vadim Karlenovich.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика