So’nggi yangiliklar

19:05"Реал" скаутлари "Арсенал" – "Борнмут" ўйинида бўлди  3 18:388 ўйинда 8 хато. Суперлиганинг 8-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  5 18:30Про лига. "Жайхун" – Олимпик-MobiUz" (онлайн ҳисоб)  0 18:14МЮ Рэшфордни сотишга тайёр. Клуб ўз тарбияланувчисини қанчага баҳоламоқда?  1 17:47Ўзга олам вакиллари  4 17:15"Футбол олами". Сенсацияларга ва истеъфоларга бой бўлган 8-тур ҳақида батафсил  0 17:04Шўрпахтажон  7 16:55"Реал" Мбаппе ўрнига янги ҳужумчи топди  6 16:10Осиё Кубоги. Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси илк турда Хитой Тайпейидан йирик ҳисобда енгилди  5 15:45"Барселона"нинг 4000 дан ортиқ мухлиси Миланга боради  1 15:17Тони Кроос Педрини ўз позициясида энг кучли футболчи деб билади  6 14:50Биринчи учрашувни шоуга айлантирган жамоалар тўқнашуви: Финал чиптаси ўйналадиган "Интер" – "Барселона" ўйини учун превью  17 14:29"Ҳурматли мухлислар, жамоадаги ишим давомида мени ҳар томонлама қўллаб-қувватлаганингиз учун катта раҳмат!" — Александр Хомяков  13 14:00​Championat.asia ва Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг апрель ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 13:59Пляж футболи бўйича Жаҳон чемпионати. Япония ва Эрон кейинги босқичда  1

Ikki davlat madhiyasini kuylamoqchi bo'layotgan o'g'il EVRO-2016da otasi uchun o'ynamoqchi Yangiliklar

Ikki davlat madhiyasini kuylamoqchi bo'layotgan o'g'il EVRO-2016da otasi uchun o'ynamoqchi

Avstriya terma jamoasi yarim himoyachisi Derd Garich otasi bilan xayrlasholmay qoldi.


Avstriya terma jamoasi futbolchisi Derd Garichning otasi payshanba kuni saraton kasalligi tufayli vafot etdi.

Derd Garichning otasi ham futbolchi bo'lgan va bir qator Vengriya jamoalarida to'p surgan.
Asli vengriyalik bo'lgan Garich terma jamoani tanlashda kelganida ikkinchi vatani Avstriya libosini kiyishni maqul ko'rgan. Garich 2006 yili Avstriya safida debyut qilgan va shu kunga qadar terma jamoa safida 41 o'yinda maydonga tushgan. SHu vaqtga qadar "Darmshtadt"ning o'ng qanot himoyachisi Vengriyaga qarshi maydonga tushmagan. Bu voqea esa seshanba kuni "F" guruhining 1-tur o'yinida yuz berishi kutilmoqda.

"Men otamdan uning yonida qolishni so'raganimda, yo'q sen Evropa chempionatiga borishing kerak, deb takidlagandi. Men uning so'nggi istagini hurmat qilishim kerak edi. Otam bilan chiroyli xayrlashishni juda istagandim. Otam meni Evropa chempionatida ko'rishdan benihoyat xursand bo'lardi. Agarda turnirni tark etsam, birinchi bo'lib aynan u meni tanqid qilardi. Biz ikkalamiz Evropa chempionatiga borishni rejalashtirgandik. Ammo unga bir necha kunlar etmay qoldi. Endi men Evropa chempionatida bor kuchimni sarflab, otam men bilan faxrlanishi uchun barcha imkoniyatimni ishga solaman. Futbol uning butun bir hayoti edi.

Vengriyaga qarshi o'yin men uchun o'zgacha ahamiyat kasb etadi. O'yindan oldin har ikkala davlat madhiyasini kuylayman. Otam bilan bo'lgan voqea buni yanada emocional qiladi. Bu futbol uning tarixi, mening tarixim, shuningdek bu uchrashuvda qo'lga kiritiladigan uch ochko ham juda muhim ahamiyatga ega. Bu o'yin men uchun qanday ahamiyat kasb etishini so'z bilan tushuntirib berolmayman", - deydi Garich.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика