Ikki davlat madhiyasini kuylamoqchi bo'layotgan o'g'il EVRO-2016da otasi uchun o'ynamoqchi

14 iyun 2016, 00:55
Avstriya terma jamoasi yarim himoyachisi Derd Garich otasi bilan xayrlasholmay qoldi.


Avstriya terma jamoasi futbolchisi Derd Garichning otasi payshanba kuni saraton kasalligi tufayli vafot etdi.

Derd Garichning otasi ham futbolchi bo'lgan va bir qator Vengriya jamoalarida to'p surgan.
Asli vengriyalik bo'lgan Garich terma jamoani tanlashda kelganida ikkinchi vatani Avstriya libosini kiyishni maqul ko'rgan. Garich 2006 yili Avstriya safida debyut qilgan va shu kunga qadar terma jamoa safida 41 o'yinda maydonga tushgan. Shu vaqtga qadar "Darmshtadt"ning o'ng qanot himoyachisi Vengriyaga qarshi maydonga tushmagan. Bu voqea esa seshanba kuni "F" guruhining 1-tur o'yinida yuz berishi kutilmoqda.

"Men otamdan uning yonida qolishni so'raganimda, yo'q sen Yevropa chempionatiga borishing kerak, deb takidlagandi. Men uning so'nggi istagini hurmat qilishim kerak edi. Otam bilan chiroyli xayrlashishni juda istagandim. Otam meni Yevropa chempionatida ko'rishdan benihoyat xursand bo'lardi. Agarda turnirni tark etsam, birinchi bo'lib aynan u meni tanqid qilardi. Biz ikkalamiz Yevropa chempionatiga borishni rejalashtirgandik. Ammo unga bir necha kunlar etmay qoldi. Endi men Yevropa chempionatida bor kuchimni sarflab, otam men bilan faxrlanishi uchun barcha imkoniyatimni ishga solaman. Futbol uning butun bir hayoti edi.

Vengriyaga qarshi o'yin men uchun o'zgacha ahamiyat kasb etadi. O'yindan oldin har ikkala davlat madhiyasini kuylayman. Otam bilan bo'lgan voqea buni yanada emocional qiladi. Bu futbol uning tarixi, mening tarixim, shuningdek bu uchrashuvda qo'lga kiritiladigan uch ochko ham juda muhim ahamiyatga ega. Bu o'yin men uchun qanday ahamiyat kasb etishini so'z bilan tushuntirib berolmayman", - deydi Garich.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com