So’nggi yangiliklar

21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  0 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   3 20:20Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  2 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  4 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  7 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:37Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   7 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   7 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0 15:19"Ал Иттиҳод" "Арсенал" ярим ҳимоячиси бўйича расмий таклиф юборган  1 15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  17

Iker Kasilyas: “Vaqt o'tishi bilan nega hushtak chalishganini tushunasan” Yangiliklar

Iker Kasilyas: “Vaqt o'tishi bilan nega hushtak chalishganini tushunasan”

“Real”ning sobiq sardori Iker Kasilyas ayni paytda “Portu” sharafini himoya qilmoqda. “Marka” nashriga bergan intervyusida u Madridda o'zi uchun oson bo'lmagan davr haqida to'xtalib o'tdi.

- “Real Madrid” siz uchun nimani anglatadi?
- Klubdan hamisha minnatdor bo'laman: bolalik orzumga etdim – hayotim jamoasida o'ynadim. Men bilan birga ishlagan murabbiylar, eski va yangi mashg'ulot bazasida o'zim tanishgan barcha insonlarga rahmat aytaman. Ular men uchun doim qadrdon bo'lishadi. Boshqalarni hurmat qilgan holda u er mening uyim ekanini takidlashim kerak.

- “Bernabeu” Keylor Navasga hushtak chalayotganda nimalarni o'ylaysiz?
- Nima deyishim mumkin? Menga bu yoqmaydi: buni o'zim tinglashdan tashqari jamoadoshlarimga nisbatan qilishganini ham ko'rganman. Klub juda talabchan va bir necha yil avval jamoada ko'rganlarimiz, boshdan kechirganimiz hamisha tarixda qoladi. Hozirgi holatni tushunish qiyin, Keylor o'tgan mavsum jahonning eng yaxshi davrozabonlari qatoriga kiritilmadi. Aslida u Evropadagi klublarning eng muhim turnirida g'olib chiqdi. Ammo uni UEFA ham, FIFA ham etirof etmadi. Uni eng yaxshi demayman, biroq kuchli uchlikda bo'lishi kerak. Buffon yoki Oblakni hurmat qilgan holda buni aytyapman. Gap CHempionlar ligasini ajoyib o'tkazgan ikki posbon haqida ketmoqda.


- O'z vaqtida nega bazi ishqibozlarga sizga qarata hushtakbozlik qilganini tushunib etdingizmi?
- Vaqt o'tishi bilan buni tushunishni boshlaysan, albatta. Ammo bu o'tmishda qolib ketdi. Buni yana bir bor muhokama qilish to'g'ri emas. Bir necha muxlis tomon ishora qilganimdan afsuslanaman. Agar yana shunday voqea ro'y bersa, o'zimni qanday tutishimni baribir bilmayman. Balki, o'zimni bosiqroq ushlashga urinardim.

- O'sha paytdagi yana biror narsadan afsusdamisiz?
- Yo'q, shunday yo'l tutardim. Klub uchun jim yurdim. Vaziyat yaxshi bo'lmagan vaqtda cirk uyushtirishni istamadim. Qirol Kubogida finalga chiqdik va unda mag'lubiyatga uchradik. Finalgacha etib borish uchun sukut saqlashni afzal bildim. Aks holda, ikki kishi o'rtasidagi jang boshlanib, unga 3-4 odam aralashardi. Bunda “Real” emas, balki shahar pavilonlarida quriladigan cirkka o'xshab qolardik.

- Oxirgi marta “Real” La Ligada Mourino murabbiyligi va Kasilsya darvozada ekanida rekordlar o'rnatib, g'alaba qozongan.
- Ha, u qiyin kechgan mavsum edi. Boshlanishidayoq biz Superkubokda “Barselona”ga imkoniyatni boy berdik. So'ng “Levante”ga yutqazib, “Rasing” bilan durang o'ynadik. “Barsa”dan 5 ochkoga ortda qolib ketgandik. Rojdestvoga qadar ularni 5 ochko ortda qoldirib ketishni uddaladik. Keyin farq 10-11 ochkoga etdi. SHundan keyin “Barsa” taqibni yaqinlashtirdi, ammo “Kamp Nou”da o'ta muhim g'alabaga erishdik. O'sha mavsum barcha uchun ajoyib kechgandi. Yagona omadsiz vaziyat “Bavariya” bilan o'yindan keyingi penaltilar seriyasi bo'lgandi.

- “Real” Ispaniyada oxirgi sakkiz mavsumdan bittasini yutganini qanday izohlaysiz?
- CHunki boshqa jamoalar yaxshi o'ynashdi. Ko'plab jihatlar tasir ko'rsatdi: raqiblar yaxshi, qaysidir vaziyatlarda hakamlar xatolari qimmatga tushdi. Buning yaxshi tarafi yo'q, ammo ilgari ham nega boshqalar CHempionlar ligasida zafar quchadi, Madrid esa yo'q degan savollar berilardi. Evropada yutishni boshladik, endi savol Ispaniyaga qaratilgan. “Barselona” oxirgi yillarda juda kuchli, “Atletiko” esa ikki grandning raqobatidan foydalanishga ulgurdi va kuchlilar orasiga yorib kirdi.


- Qay biri ko'proq quvonch keltirgan – “Real”mi yoki terma jamoa?
- Har ikkisi. Ko'p narsa aniq bir lahzaga bog'liq. Masalan, Lissabonda “Desima”ni yutganimiz. Hamma meni mag'lubiyatda ayblashni boshlagandi. Keyin bir soniyada barchasi o'zgarib ketdi. bu ishonib bo'lmas vaziyat edi. Final men uchun qiyin, shu vaqtning o'zida ajoyib o'tgandi. Yakunda kutishga to'g'ri kelgani, ammo odamlar o'sha finalni muhabbat bilan eslab yurishlari to'g'risida o'zingga gapirasan. Evropa va jahon chempionatlari ham fantastik lahzalarni taqdim qilgan. Yoki Evropadagi ilk sovrinim. 4 oyda yoshlar ligasidan asosiy ligaga o'tganman, “Old Trafford”da zafar quchgan va “Sen-Deni”dagi finalda aqlbovar qilmas voqeani boshdan kechirganman.

- Nega Ispaniyada odamlar ko'proq klublarga muxlislik qilishadi, terma jamoaga emas?
- Hozir shunday. Oldin terma jamoa va klubga ishqibozlik qilardilar. Men odamlar uy tashqarisiga terma jamoa bayrog'ini osishga chorlay olganimizdan xursandman. Jahon chempionati insonlarga vatanparvarlikni his qilishda yordam beradi. “Real” va “Barsa” o'rtasidagi jiddiy raqobat bunga tasir qildi. 15 yil ilgari biz chempionlik uchun “Valensiya”, “Deportivo” bilan kurash olib borardik.


- Bir necha hafta avval Xabi Alonso faoliyatini tugatishini elon qildi. Siz mansub bo'lgan avlod futbolchilari ketayotganda nimalarni o'ylaysiz?
- Oldin maydonda senga raqib bo'lganlarni klub va terma jamoa murabbiylari sifatida ko'rasan. Endi ular boshqa lavozimda senga qarshi turishadi. Vaqt o'tib borayotgani va kelajak haqida qayg'urish lozimligini sezasan.

- Faoliyatingizni yakunlashingiz sharafiga “Real” tadbir uyushtirishini xohlaysizmi?
- Zarur paytda nega yo'q ekan? “Real” doim yonimda, ammo hozir hammaga bir oz vaqt bergan maqul. Klubdan tadbir kutishni xohlamaslikni aytmayapman. Muxlislar ko'p yillar meni olqishlashdi. Yonimda bo'lganlardan hamisha minnatdorman. Ayni paytda “Real” faxriylar o'yinini tashkil qilmoqda. Umid qilamanki, bir necha yildan so'ng yana “Bernabeu”da o'ynay olaman.


Behzod Nazarov

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика