Iker Kasilyas Portugaliya chempionligi uchun medalni qabul qilib oldi. U joriy mavsumda umuman maydonga tushmadi
22 iyu 2020 10:23
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582565_original.jpg)
![](/upload/storage/582565_220.jpg)
Iker Kasilyas Portugaliya chempionligi uchun medalni qabul qilib oldi. U joriy mavsumda umuman maydonga tushmadi
Mavsum yakunlariga ko'ra, "Portu" musobaqa g'olibi deb topildi. Bundan tashqari Kasilyas yakunlangan mavsumda umuman maydonga tushmadi.
"Biz katta shiddat bilan yashayapmiz. Bazan esa narsalarni qadrlamayapmiz. Siz atrofga qaraysiz va sizni qurshab turgan narsalarni ko'rmaysiz. Xohlasangiz, tahlil qiling. Bu medalni qabul qilganim uchun barcha sheriklarimga minnatdorchilik bildirish uchun menda so'z yo'q. Bu oddiygina narsadek ko'rinadi, ammo men uchun bunday emas", - deb yozdagi Kasilyas "Instagram" sahifasiga.
Kasilyas 2019 yilning may oyida "Portu" mashg'ulotlar bazasida infarktga uchradi va shundan so'ng professional darajadagi o'yinlarga qaytmadi. Qishda esa ispaniyalik futbolchi faoliyatini yakunlagani haqida xabar berildi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar