Iker Kasilyas: "O'shanda o'lim nafasini his qilgandim"
11 okt 2020 00:00
Yangiliklar


Iker Kasilyas: "O'shanda o'lim nafasini his qilgandim"
"Real"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas "Tottenxem" ustozi Joze Mourinyu bilan o'rtasidagi munosabatlar haqida gapirdi. Uning takidlashicha, 2019 yilda yurak hurujiga uchraganida portugaliyalik mutaxassis Iker bilan bog'langan.
"Ko'pchilik bilmaydi, ammo Mourinyu birinchilardan bo'lib, sog'lig'imni so'rab qo'ng'iroq qilgan edi.
Yurak hurujidan keyin uzoq vaqtdan beri ko'rmagan odamlarim bilan uchrashdim, bu meni hayotdagi kichik narsalarni ham qadrlashga undadi.
O'sha kuni chindan ham o'lim nafasini his qildim. Bu meni dunyoga boshqacha qarashga majbur qildi", – dedi Kasilyas ESPNga bergan intervyusida.
Xabaringiz bor, Mourinyu Kasilyas bilan "Real"da birga ishlagan va ular orasida kichik mojaro kelib chiqqan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar