Iker Kasilyas dunyo rekordini o'rnatdi
14 noy 2015 16:10
Yangiliklar
Iker Kasilyas dunyo rekordini o'rnatdi
AS nashrining xabar berishicha, “Portu” darvozaboni ispaniyalik Iker Kasilyas yangi dunyo rekordini o'rnatdi.
Ispaniya terma jamoasi posboni futbol tarixida terma jamoa safida 100ta o'yinda gol o'tkazmagan birinchi darvozabon bo'ldi. Iker Angliya terma jamoasiga (2:0) qarshi o'rtoqlik uchrashuvida o'z darvozasini "quruq" saqlab qoldi. 34 yoshlik posbon “Qizil furiya” libosida 165 o'chrashuvda 65ta golni o'z darvozasidan olib chiqqan.
Fikrlar