Ikardi va Dibala Argentina safidagi birinchi gollarini urishdi
23 noy 2018 15:16
Yangiliklar
Ikardi va Dibala Argentina safidagi birinchi gollarini urishdi
Argentina terma jamoasi hujumchilari Paulo Dibala va Mauro Ikardi Meksikaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo'lishdi (2:0).
Qiziq, lekin bu har ikki forvardning milliy terma safidagi birinchi gollari hisoblanadi. Ikardiga buning uchun 8 o'yin kerak bo'lgan bo'lsa, Dibala dastlabki golini kiritishi uchun 18 uchrashuvda maydonga tushishiga to'g'ri keldi.
Fikrlar