Ikardi rafiqasi bilan "Inter" uchrashuviga tashrif buyurdi
17 fev 2019 23:52
Yangiliklar


Ikardi rafiqasi bilan "Inter" uchrashuviga tashrif buyurdi
Ayni vaqtda "Inter" va "Sampdoriya" jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tmoqda.
Uchrashuvni Mauro Ikardi va Vanda Nara bevosita tribunadan kuzatib borishmoqda.
CHorshanba kuni 25 yoshli argentinalikdan klub sardorlik bog'ichi olib qo'yildi. Natijada, hujumchi Evropa Ligasi doirasida Avstriyaning "Rapid" jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tushishdan bosh tortgan edi.
Juma kuni tizzasidagi jarohat sabab Ikardi "Inter" mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi. Oradan bir kun o'tib, uning rafiqasi hisoblangan Vanda Naraning mashinasi toshbo'ron qilingan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar