Ikardi PSJda qancha maosh olishi aniq bo'ldi
04 sen 2019 22:55
Yangiliklar


Ikardi PSJda qancha maosh olishi aniq bo'ldi
PSJ forvardi Mauro Ikardi "Inter"dagidan ko'ra ko'proq maosh olishi aniq bo'ldi.
"Sky Sport Italia" xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchining parijdagi yillik maoshi 10 million evroga teng bo'ladi. Bu esa "Inter"dagi maoshidan ikki baravar ko'p deganidir.
PSJ argentinalikni ushbu mavsum yakuniga qadar ijaraga oldi. Kelasi yozda PSJ uning transferini to'liqligicha sotib olishi ham mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar