So’nggi yangiliklar

19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  1 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  2 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  7 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  14 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  5 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  8 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2

Ijtimoiy tarmoq CHempionship va Gollandiya chempionatini ko'rsatish huquqini sotib oldi Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoq CHempionship va Gollandiya chempionatini ko'rsatish huquqini sotib oldi

Teglar :  VKontakte
Rossiyadagi eng mashhur ijtimoiy tarmoq - "VKontakte" Gollandiya chempionati va Angliyaning CHempionship o'yinlarini ko'rsata boshlaydi.

Bu dam olish kunlari to'rtta o'yin namoyish etiladi - har bir chempionatdan ikkita bahs.

"VKontakteda borgan sari ko'proq sport translyaciyalari amalga oshmoqda - translyaciya egalari uchun bu mamlakatdagi eng katta auditoriya, tomoshabinlar uchun esa sevimli turnir va jamoalarni kuzatish uchun ajoyib imkoniyat. Hamkorlarimiz bilan birga rivojlanishning turli modellarini, sport kontentidan pul topishni test qilyapmiz. Homiylar jalb qilishga ham yordam beryapmiz" - deydi "VKontakte"ning marketing bo'yicha direktori Aleksandr Kruglov.

"Futbol" telekanali bosh direktori Vyacheslav Gricfeldt ham ushbu voqeaga izoh berdi.

"Telekanalimiz uchun muxlislarning qiziqishini bilib olish uchun ajoyib imkoniyat paydo bo'ldi. Interaktiv imkoniyatlar auditoriyamizning istak va murojaatlariga tezlik bilan javob qaytarishga yordam beradi. Telekanalimiz uchun doimo yangi maydonlar izlaymiz va "VKontakte" bu maqsadlar uchun juda mos tushadi" - deydi Gricfeldt.

O'yinlar jadvali:

23 sentyabr. Angliya. CHempionship

Derbi Kaunti - Birmingem Siti. 19:00. 

Aston Villa - Nottingem Forrest. 21:30. 


24 sentyabr. Gollandiya. Eredivizi

Utrext - PSV. 15:30. 

Ayaks - Vitess. 17:30.

Eslatib o'tamiz, "VKontakte" joriy mavsumdan boshlab LaLiga o'yinlarini translyaciya qilishni boshladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика