So’nggi yangiliklar

00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  12 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1

II liga. Favoritlar to'qnashuvida omad “Obod”ga kulib boqdi Yangiliklar

II liga. Favoritlar to'qnashuvida omad “Obod”ga kulib boqdi

Ikkinchi liga jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston chempionatining final bosqichi qatnashchilari kecha va bugun 3-tur uchrashuvlarida maydonga tushdilar.
Kecha “Geofizika” stadionida “A” guruhining favoritlari – “Bunyodkor-Geofizika” va “Obod” jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. 15-daqiqada burchakdan oshirilgan to'pni boshi bilan mo'ljalga aniq yo'llab, Farruh Zokirov mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'lim boshlanishi bilanoq (46-daqiqada) “Bunyodkor-Geofizika” klubi ikkinchi golni ham o'tkazib yubordi. Himoyachilarning xatosidan Karimjon Nurmatov unumli foydalandi. Principial o'yinda asosiy raqibga 0:2 hisobida boy berish mezbonlar ustozi Sergey Nining rejalarida aslo yo'q edi. Ammo maydonda aynan shunday holat yuz berdi. 75-daqiqada bosh hakam Igor Hudoydotov ikkinchi sariq kartochka uchun “Obod” himoyachisi G'ayrat Umirovni maydondan chetlatdi. Va bu narsa “Bunyodkor-Geofizika”ga tezda foyda keltirdi. 77-daqiqada ular penalti tepish huquqini qo'lga kiritishdi. “Nuqtaga” tajribali Yashar Mutalibov yaqinlashdi va hisobni qisqartirdi. Ammo bundan ortig'iga mezbonlar o'zlarida qo'shimcha kuch topa olmadilar hamda mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'ldilar – 1:2.

Guruhning ikkinchi bellashuvida “Bunyodkor” “O'zDong-Ju”ni 4:3 hisobida engdi. Etiborlisi, yosh “qaldirg'ochlar”ning gollariga, avvalgi o'yinlarda bo'lgani kabi, yana Vladislav Nuriev (3ta) hamda Ibrohim G'ofurov mualliflik qilishdi.

“A” guruhi jamoalari bugun dam olishdi. “B” guruhi ishtirokchilari esa kecha dam olishgandi. Ular 3-tur bahslarini bugun o'tkazishdi.

Ulug'bek Mirzaev

O'zbekiston chempionati. II liga. Final bosqichi
“A” GURUHI
3-tur. 30 noyabr

Bunyodkor-Geofizika - Obod 1:2
Bunyodkor - O'zDong-Ju 4:3

Turnir jadvali            O'  O  T-N

1. Obod                            3  9  5-1

2. Bunyodkor                     3  3  4-3

3. Bunyodkor-Geofizika     2  3  1-2

4. O'zDong-Ju                    2  1  4-5

5. Dinamo                         2  1  1-4



4-tur. 2 dekabr

Bunyodkor-Geofizika – O'zDong-Ju
Dinamo – Bunyodkor
5-tur. 3 dekabr
Bunyodkor-Geofizika – Dinamo
Obod – O'zDong-Ju
------------------------------------------------------
“B” GURUHI
3-tur. 1 dekabr

Tolachi – Bahor-Geolog 1:2
Mashal – G'ijduvon 1:3

Turnir jadvali       O'  O  T-N

1. G'ijduvon                 3  9  7-1

2. Mashal                   2  3  6-4

3. NDPI                      2  3  4-2

4. Bahor-Geolog           2  3  2-5

5. Tolachi                     3  0  2-9



4-tur. 2 dekabr
Bahor-Geolog – Mashal
NDPI – Tolachi
5-tur. 3 dekabr
Mashal – NDPI
G'ijduvon – Bahor-Geolog


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика