II Corriere della Sera: "Milan"ning 3 futbolchisi Lukakuning tug'ilgan kunida qatnashgan
14 may 2021 21:27
Yangiliklar


II Corriere della Sera: "Milan"ning 3 futbolchisi Lukakuning tug'ilgan kunida qatnashgan
Milan markazidagi mehmonxonalardan birida "Inter" forvardi Romelu Lukakuning tavallud kuni munosabati bilan tashkil qilingan bazmda koronavirus cheklovlari buzilgan.
Tadbirga 20 ga yaqin kishi qatnashgan. Ular shovqin ko'tarishgach, kimdir policiyani chaqirgan. Mehmonxona zalidagi o'yinchilar tartibni saqlash xizmati xodimlariga bu shunchaki do'stlar ishtirokidagi kechki ovqat ekanini tushuntirishga uringan. Policiya xodimlari esa futbolchilarni jarimaga tortgan.
Tug'ilgan kun marosimida "Milan"ning 3, "Fiorentina"ning 2 futbolchisi ishtirok etgani aytilmoqda.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar