Ihor Korsun: "Gollarimni mamlakatimizni himoya qilayotgan qurolli kuchlarimizga bag'ishlayman"
18 sen 2024 20:36
Yangiliklar
Ihor Korsun: "Gollarimni mamlakatimizni himoya qilayotgan qurolli kuchlarimizga bag'ishlayman"
"Bugun, eng muhimi, ijobiy natijaga erishdik, yani g'alaba qozondik. CHunki 1-turda Argentinaga qarshi yirik hisobdagi omadsiz mag'lubiyatdan keyin o'zimizga kelib olishimiz kerak edi. SHu bois bugun g'alaba qozonganimizdan juda xursandman.
Bugun bizni chin dildan qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizni xursand qila olganimizdan juda minnatdorman. Ukrainada og'ir vaziyat hukm surmoqda. SHu bois gollarimni mamlakatimizni himoya qilayotgan qurolli kuchlarimizga bag'ishlayman.
Turnir favoritlarini aniq aytolmayman. O'ylashimcha, kutilmagan hodisalar ro'y beradi. Turnirda barcha jamoalar kuchli, shu bois favoritlarni barmoq bilan sanab bo'lmaydi.
Biz istiqomat qilayotgan Toshkent shahri juda go'zal, rostini aytsam, bundan hayratda qoldim. Bu erni mutlaqo o'zgacha tasavvur qilardim, ammo fikrim o'zgardi. CHindan hayratdaman", dedi bugungi o'yinda dubl qayd etgan futzalchi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar