Iguain: "Tanqid bir quloqdan kirib, ikkinchisidan chiqib ketadi"
10 mar 2018 15:07
Yangiliklar
Iguain: "Tanqid bir quloqdan kirib, ikkinchisidan chiqib ketadi"
"Ancha yillardan beri men haqimda nima deyishayotganiga qiziqmay qo'yganman. Noto'g'ri tanqid bir quloqdan kirib, ikkinchisidan chiqib ketadi. Menga haqiqatdan ham maslahat bermoqchi bo'lganlarni eshitaman, biroq maqtovlarga ko'p ham etibor bermayman. Mening qoidam - tinchlikda ishlash. Men shunchaki jamoa bilan mashg'ulot o'tkazaman.
Bu gaplar havotirga solmaydi. Evropada 10 yil, xatto 12dan beri to'p tepaman va bu narsalar qiziq emas. "Uembli"da gol urganimda, uni o'zim istagan uslubda nishonladim. Kimgadir biror narsani isbotlashga harakat qilmadim.
"Yuventus" "Tottenxem"ga qarshi bahsda bajargan ish, irodamiz tufayli amalga oshdi. Biz jamoaga ishondik. Har birimiz muhimligimizni bilardik. Biroz yo'ldan adashdik, ammo "Yuventus" hech qachon taslim bo'lmaydi. Hali ham uchta turnirda kurashyapmiz va hammasida g'olib bo'lishni xohlaymiz" - deydi Iguain.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar