Iguain: “O'sha xatoimdan keyin futbolni tashlamoqchi bo'lganman”
26 apr 2020 19:05
Yangiliklar


Iguain: “O'sha xatoimdan keyin futbolni tashlamoqchi bo'lganman”
“Bu uchun o'zimni muntazam tanqid qilardim, uyda qulflanib oldim va tashqariga chiqmay qo'ydim. Odamlar pul bilan baxtni topish mumkin deb aytishadi, ammo do'stlarni sotib ololmaysiz. Hech kim bilan gaplasha olmasdim. Onamni ko'rishni xohlardim, lekin u yonimga 15 soatda uchib kela olardi. Albatta, ularga chipta olib bera olardim, ammo onam 10 daqiqalik masofada emas edi. Odamlar bunday narslarni ko'rmaydi. Ular senga pul to'langani uchun yutishing kerak deb o'ylashadi.
Jahon chempionati finalida menda imkoniyat paydo bo'ldi, lekin undan foydalana olmadim. Bilmadim, hozir ham shunday qilgan bo'larmidim. Gol urish osondek ko'ringandi. Mazkur xatodan keyin futbolni tashlamoqchi ham bo'lganman, ammo onam meni yo'ldan qaytardi. U oldinga intilishim kerakligini aytdi. Agarda u bo'lmaganda futboldan voz kechgan bo'lardim. Onamdan minnatdorman”, deydi argentinalik hujumchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar