Iguain "Inter Mayami" bilan 2 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
02 sen 2020 14:40
Yangiliklar
Iguain "Inter Mayami" bilan 2 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
"Yuventus" forvardi Gonsalo Iguainning faoliyatini MLS'da davom ettirish ehtimoli bor.
32 yoshli argentinalik futbolchi "Inter Mayami" bilan 2022 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.
Iguain parallel ravishda 2021 yilning iyuniga qadar amal qiladigan bitimni bekor qilish bo'yicha Turin klubi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Futbolchi yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Fikrlar