So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Igor Taran: "Paxtakor" bilan o'yinda xotirjamlikka berilmadik" Yangiliklar

Igor Taran: "Paxtakor" bilan o'yinda xotirjamlikka berilmadik"

Teglar :  SHo'rtanIgor Taran
“SHo'rtan” hujumchisi Igor Taran oliy liganing 6-turida “Paxtakor” bilan o'tkazgan uchrashuvida haqiqiy qahramonga aylandi.

U “SHerlar” darvozasidan o'rin olgan uch goldan ikkitasiga mualliflik qildi. Uchrashuvda so'ng  shampionat.asia  muxbiri  Fahriddin CHoriev Taran bilan  qisqacha suhbat uyushtirdi.

- Igor ishonchli g'alaba bilan tabriklayman.
- Katta rahmat.

- Uchrashuvdan oldin jamoadoshlaringiz bilan nimani eng muhim, hisobladinglar?
- Birinchi o'rinda natija edi. Yaxshi hamki bunga erishdik. Bu bilan safar uchrashuvlaridan oldin kayfiyatimizni ko'tarib oldik.

- Birinchi goldan keyinoq yana bir imkoniyatga ega bo'ldingiz. Undan foydalanishingizga nima xalal berdi?
- Sizni ishontirib aytishim mumkin, biz xotirjamlikka berilmadik. Har holda o'z maydonimizda muxlislarimiz ko'z o'ngida muhim uch ochkoni qo'lga kiritish edi.

- Ushbu shiddatli bahsda “SHo'rtan” tuliq  asosiy tarkib bilan maydonga tushdi.
- O'z oldiga  maqsadlarni qo'ygan jamoada  ikki yoki ikki yarimtaga teng kuchli tarkib bo'lishi lozim. Lekin bizga kim bilan to'qnash kelishimizning qizig'i yo'q edi. Oldimizga aniq vazifa qo'yilgandi va uni uddaladik. 


- Raqib o'yinini qanday baholaysiz? “Paxtakor”dan ko'proq narsa kutganmidingiz?
- Biz hamisha raqibimizning kuchiga etarlicha baho beramiz. Aks holda...

- Har holda poytaxtliklar hamisha hujumkor o'yin namoyish etishadi.
- Bu safargi o'yindan so'ng unday demagan bo'lardim. Ammo yuqorida aytganimdek, buni bizga qizig'i yo'q. Bizda o'z vazifamiz bor, ularda ham xuddi shunday.

- Endi bosh murabbiy haqida gaplashsak. Ixtiyor Karimov qarshi hujum taktikasidan foydalanadi. Bu sizga maqulmi?   
-  Bu savolga javob beraverishdan charchadim. Men uchun eng muhimi, maydonda harakat qilish va vaziyatga qarab ish tutish.  

- Karimovni bosh murabbiy etib tayinlanishi o'z samarasini beradimi?
- Natija shuhbasiz bo'ladi, o'zgarishlar faqat yaxshi tarafga bo'lishni istaymiz. Umuman olganda, barchasini vaqt ko'rsatadi. Tarkibni aniqlash esa faqatgina murabbiyning o'ziga bog'liq.

Fahriddin CHoriev.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика