Igor Surov: "Mashal"da katta salohiyat mavjud"
12 fev 13:30
Yangiliklar
Igor Surov: "Mashal"da katta salohiyat mavjud"
"Avvalambor, ko'rsatilgan ishonch uchun rahbariyatga minnatdorlik bildirmoqchiman. Shuningdek, bizda katta salohiyat mavjudligini takidlab o'tmoqchiman. Oldinda bizni juda ko'p ishlar kutib turibdi, ammo biz yigitlarga ishonamiz. O'z ustimizda ishlashimiz va takomillashishimiz kerak bo'lgan jihatlar hali ko'p.
O'ylaymanki, biz ko'p jihatdan o'sishimiz kerak. Yigitlar harakat qilmoqda. Eng muhimi, ularda psixologik, taktik va jismoniy tomonlama rivojlanishga intilish bor. Shuning uchun bu borada bizda katta zaxira mavjud deb hisoblayman. Bundan tashqari, o'yin intizomi juda muhimligini ham alohida takidlayman.
Barchada yagona maqsad bo'lishi o'ta muhim. Hozirda bunga erishish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilyapmiz. Yigitlar esa bu borada bizga har tomonlama ko'maklashishmoqda. Ularda jipslashishga bo'lgan kuchli xohish ham ko'rinib turibdi. Shu bois, ushbu qadam uchun rahbariyatga yana bir bor minnatdorlik bildiraman", – dedi rossiyalik mutaxassis.

Avvalroq muborakliklar Igor Surov bosh murabbiyga aylangani haqida rasman malum qilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
Fikrlar