So’nggi yangiliklar

00:50Арне Слот: "Барқарор ўйин кўрсатаётганимизда ҳам мағлуб бўлдик"  0 00:31Саудия Арабистони. Дубль, иккита қизил, иккита автогол: "Ал Ҳилол"дан иродали ғалаба  1 00:15Лапорта "Камп Ноу" ҳақида: "Бу биздан кейинги авлод учун мерос"  0 23:59Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди, Шомуродовдан мавсумдаги 8-гол  43 23:35Пеп Гвардиола: "Клопп давридаги "Ливерпуль" билан рақобат орқали "Манчестер Сити" ҳам ўсишга эришганди"  1 23:11Александр Хомяков: "Ўйинимиздан қониқдим деб айта олмайман, чунки кўп нарса ўхшамади"  8 22:58Ўзбекистон U17 термаси Ирландияга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  1 22:23Виталий Левченко: "Бундай майдонда ижодкор футбол намойиш эта олмайсиз"  24 22:10Суперлига. "Бухоро" – "Нефтчи" 1:1   2 21:55Миржалол Қосимов: "Ҳозир майдонга чиқиб ундоқ қиламан-бундоқ қиламан деган билан иш битмайди"  3 21:37Лени Йоро "Реал"га эмас, "Манчестер Юнайтед"га ўтганидан афсусланмайди  5 21:12Шерзод Жўраев: "Насаф" билан бошқача ўйин кўрсатгандик, бугун эса бошқа жамоага айланиб қолдик"  13 20:51Испаниянинг Грузия ва Туркияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 20:20Бенито Муссолинининг чевараси билан тўп тепаётган Жейми Варди Италияда футболдан завқ олмоқда  3 20:01Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди  179

Igor SHtimac: "O'zbekiston qanday kuchga ega ekanligini juda yaxshi bilaman, ammo biz o'z o'yinimizga etibor berishimiz kerak" Yangiliklar

Igor SHtimac: "O'zbekiston qanday kuchga ega ekanligini juda yaxshi bilaman, ammo biz o'z o'yinimizga etibor berishimiz kerak"

Osiyo kubogi "B" guruhining birinchi turidan o'rin olgan Avstraliya - Hindiston (2:0) uchrashuvidan so'ng, Hindiston terma jamoasi bosh murabbiyi Igor SHtimac matbuot anjumanida qatnashdi.

- Hindiston terma jamoasining bugungi ko'rsatgan o'yini haqida qanday fikrdasiz?

- Qiyin o'yin bo'ldi. Avstraliya jismonan juda kuchli jamoa. Ular bugun buni isbotlashdi. Raqib bugun o'ng qanotdan raqib ko'p hujum qildi. Biroq, men ko'rsatgan o'yinimizga ijobiy baho berdim. Birinchi bo'limda kam bo'lsa ham imkoniyatimiz bo'ldi. Raqibga gol urish imkoniyatini bermadik. Balki, gol kiritganimizda hammasi boshqacha bo'lardi. Ikkinchi bo'limda esa umuman o'yinimiz o'xshamadi. Maydonning ikkinchi tarafiga o'ta olmadik. Avstraliyalik futbolchilarning tajribasi shu vaziyatda juda ko'p yordam berdi. Ular vaziyatni oldindan juda yaxshi o'qishdi. Qiyin o'yin, ammo yakunda men qoniqish hosil qildim. Boy berilgan o'yinlarda bunday deyish biroz g'alati, ammo rostdan ham shunday.

- Bu uchrashuvdagi aynan qaysi jihat sizda ijobiy fikrga sabab bo'ldi?

- Bizni nima kutayotganini bilib turardik. Avstraliyaliklarning gavdasi juda katta, biz shu holatda shuncha ikkinchi qavatdagi hujumlarni qaytarganimiz katta natija, aynan shundan mamnunman. Biz o'z darajamizni bilamiz. Lekin bugun yigitlar yaxshi harakat qilishdi.

- Birinchi taymda Hindiston yaxshi o'yin ko'rsatayotgandi. Ikkinchi bo'limda yanada chuqurroq himoyalanishni boshladingiz. Yanada ko'proq himoyalanish rejada bormidi?

- Unday demagan bo'lardim. Kichkina vaziyatlar hammasini hal qildi. Qisqa muddat ichida turnirga tayyorlandik. To'rtta asosiy o'yinchimiz tarkibda yo'q. Bu narsa o'z so'zini aytmay qolmaydi.

- Keyingi o'yin guruhdagi yana bir kuchli raqib O'zbekistonga qarshi. Bu uchrashuv Hindiston uchun yanada muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekistonga qarshi o'yin uchun qo'shimcha rejangiz bormi?

- Bizda bu haqida o'ylash uchun yana uch kun bor. O'zbekistonning oxirgi beshta o'yinini ko'rib chiqqanman. Ular qanday kuchli jamoa ekanini yaxshi bilaman. Biroq, biz O'zbekiston emas, o'z o'yinimizga etibor qaratishimiz kerak. Keyingi o'yinda paslarni yaxshilash kerak. Bugun aynan shu jihat bizda oqsadi. Aynan hozir esa oyoqlarimizga dam berishimiz lozim. SHundan so'ng, O'zbekistonga qarshi qanday harakat qilishimizni aniqlab olamiz.

- Bugun Hindiston termasi ko'rsatgan o'yin taktik jihatdan seni qanchalik qoniqtirdi?

- Men yigitlarim bilan faxrlanaman. Ular men aytgan barcha narsani bajarishdi. SHunchaki, raqibimiz Avstraliya ekanligini ham unutmaslik lozim. Ular hozirda juda yosh.

- Bu Hindiston bilan oxirgi turniringizmi?

- Osiyo kubogidan so'ng bizni Jahon chempionati saralash o'yini kutib turibdi. Saralash bosqichi biz uchun juda muhim. Agar rahbariyat meni haydab yubormasa, o'zim hech qaerga ketmayman.

- Avstraliya terma jamoasi kuchli ekani oldindan malum edi. Keyingi o'yin O'zbekistonga qarshi. Bu o'yindan nimalar kutyapsiz?

- Ha, biz bugun mag'lub bo'ldik, ammo bizda yig'lab o'tirishga vaqt yo'q. Keyingi o'yinga har doimgidek tayyorgarlik ko'ramiz. Ertaga yigitlar o'z xatolarini tahlil qilib chiqishadi. SHundan keyingina, O'zbekistonga qarshi o'yin haqida o'ylashni boshlaymiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика