So’nggi yangiliklar

11:57Гвардиола аргентиналик иқтидорни "Барселона"дан тортиб олмоқчи  0 11:31ОФК келаси U-17 Осиё чемпионатлари мезбонини маълум қилди  6 11:10“Реал“ Трентни клублар ўртасидаги ЖЧда иштироки учун “Ливерпул“га қанча пул таклиф қилгани маълум  3 11:00Суперлига футболчилари ЕЧЛ финалчиларини тахмин қилди  11 10:45“Арсенал“ футболчиси фаолиятини Бразилияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  1 10:22“Байер“ бош мураббийлигига номзодлар маълум қилинди  1 09:59Карло Анчелотти “Реал“ билан келишиб олди  3 09:37Пролига. Бугун 5-тур давом эттирилади  0 09:10“Рома“ тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи  4 08:48“Ал Ҳилол“ супер футболчи билан музокараларни бошлади  3 08:16Sofascore. Азизжон Ғаниев кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:50Довбик Шомуродов ҳақида фикр билдирди  16 07:25Трент “Реал“да қанча ишлаб олиши маълум  11 02:11АПЛ. Дуранг ўйнаган "Ноттингем Форест" ЧЛ зонасига қайта олмади  4 01:48А Серия. "Милан" иродали ғалабага эришди, аммо жамоа ҳали ҳам кучли саккизликда эмас  2

Igor SHkvirin: "Jamoa oldiga OCHLga yo'llanma olish vazifasi qo'yilgan" Yangiliklar

Igor SHkvirin: "Jamoa oldiga OCHLga yo'llanma olish vazifasi qo'yilgan"

Oliy liga 2-tur uchrashuvi "Olmaliq" - "Nasaf" o'yinidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Igor SHkvirin ishtirok etdi.
"G'alaba qozondik va bu juda yaxshi. Bu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Natija haqli bo'ldi. Maydonda bugun raqibdan ko'ra yaxshiroq ko'rindik. "Nasaf"ning o'yinini juda yaxshi o'rgangandik. O'yin davomida bir qator gol urish uchun vaziyatlar yaratdik. "Nasaf" mamlakatimizdagi yaxshi shakllangan jamoa hisoblanadi. Ularda yaxshi zaxira mavjud. Tarkibdan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, qarshiliklar yomon futbol o'ynashmayapti. Ularni ikki frontda kurash olib borayotganliklari o'z so'zini aytayotgan bo'lishi mumkin. Uzoq parvozlar jamoani biroz charchatib qo'ygan bo'lishi ham mumkin. Lekin bu futbol va bu yo'lni o'zimiz tanlaganmiz. SHu bois bu borada arz qilishga hojat yo'q deb o'ylayman", - deya gap boshladi Igor SHkvirin.

- "Olmaliq" istalgan raqibni dog'da qoldira oladigan jamoa. Lekin negadir bu jamoaning oldiga yuqori maqsad va vazifalar qo'yilmay kelinadi. Buning sababi nimada?
- Kim aytdi sizga jamoa oldiga yuqori vazifalar qo'yilmaydi deb? Avvalgi mavsumlarni inobatga oladigan bo'lsak, unda boshqa vaziyatlar kuzatilgan. Masalan 2002 yilda jamoa umuman oliy ligada ishtirok etmagan. Bu shunchaki misol. Biz kecha bilan emas, bugun bilan yashaymiz. Hozirga kelib esa klub rahbariyati oldimizga aniq vazifa qo'ygan. "Olmaliq" bu mavsumda OCHLga yo'llanma beradigan o'rinlarni birini qo'lga kiritishi lozim. SHunga qarab tarkibimizda ko'plab o'zgarishlar qilindi va bazi futbolchilarni o'z safimizga qo'shib oldik. Jamoamizga yangi qon qo'yildi desam ham bo'ladi. Asosiysi o'zimiz istagan va bizga kerakli futbolchilarni jamoaga oldik. Umid qilamizki, bu yigitlar ishonchni oqlashadi. Mana SHavkat Salomov terma jamoadan taklif oldi. SHuningdek, yana to'rt futbolchimiz olimpiya terma jamoasiga jalb qilingan. Jamoamiz yanada shakllanishda davom etadi. Sizlarni ishontirib aytamanki, mavsum so'nggiga kelib olimpiyachilarimiz soni yana ko'payadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика