So’nggi yangiliklar

23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  0 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  22 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  16 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1

Igor SHkvirin: "Uchrashuvning yakuni mantiqsiz bo'ldi" Yangiliklar

Igor SHkvirin: "Uchrashuvning yakuni mantiqsiz bo'ldi"

Coca Cola O'zbekiston kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Turon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Igor SHkvirin fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

"O'yin haqida ko'p gapirmoqchi emasman. Tan olish kerak, birinchi bo'limda raqibga mag'lub bo'ldik."Paxtakor"  katta ustunlik qildi.. Hattoki, to'p o'tkazib yuborishimiz ham ehtimoli bor edi, deya olaman. Ikkinchi bo'limda maydon egalaridan o'yin tizginini o'z tomonimizga og'dirishga harakat qildik. Yaxshi qarshi hujumlar tashkil qildik. Lekin bahs mantiqsiz yakunlandi. Oxirgi daqiqada darvozamizdan to'p olib chiqdik. Bu - futbol. Yigitlarni qo'llab - quvvatlayman. Ular maydongda xohish va ishtiyoqlarini ko'rsata olishdi. Ayrimlari jarohatdan so'ng maydonga qaytdi. SHogirdlarim "Paxtakor"ga munosib qarshilik ko'rsata olish bilan birga, asabiylashtirishga harakat qilishdi. Raqibga omad tilayman",- deydi Igor SHkvirin. 

- Murabbiy sifatida ancha yildan so'ng  "Paxtakor" stadioniga tashrif buyurdingiz. Bu borada qanday taassurotlar qoldi?

- Mazkur klubda ko'p yillar davomida to'p tepganman. Lekin hammasi tarixda qoldi. "Paxtakor"ni o'z maydonida hamma yutishni istaydi. Ortiqcha hissiyotlarga berilmasdan navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz. Endi bitta frontda kurashamiz.

- Yozgi transferlarda tarkibga jalb etilgan futbolchilardan qoniqyapsizmi?

- Yozgi transferlar vaqtida tabiiyki tarkibni kuchaytirishga harakat qildik. Qaerdadir biz istagan narsa bo'lmadi. Biroq hozir bu haqida gapirmoqchi emasman. 

-"Turon" Superligada mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirishi uchun kuchi va zaxira imkoniyatlari etadimi?

- Zaxiramiz yaxshi, deb o'ylayman. Jamoaga bosh murabbiyi bo'lib kelganimda oldimga aniq maqsad qo'yildi. Ortda qolgan uchrashuvlarda yanada ko'proq ochko ishlashimiz mumkin edi.  Qaerdadir nimadir etishmadi. Klubda har bir inson o'z ishini qilmoqda. Futbolchilar murabbiylar shtabi tomonidan berilgan vazifalarni bajarmoqda. Oldinga intilishda davom etamiz.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика