So’nggi yangiliklar

13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  0 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  9 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  7 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2

Igor SHkvirin: "Lokomotiv" "Paxtakor"dan ko'ra tezroq o'ynadi" Yangiliklar

Igor SHkvirin: "Lokomotiv" "Paxtakor"dan ko'ra tezroq o'ynadi"

Coca Cola Superligasi 16-turi doirasida "Lokomotiv"ga qarshi bahsdan keyin "Turon" bosh murabbiyi Igor SHkvirin o'z fikrlarini bildirdi.




- "Lokomotiv"ni haqli g'alaba bilan tabriklayman. Yaxshi jamoa, tezkor futbol ko'rsatmoqda. Ularga hech qanday "sovg'alar" bera olmadik. Yana bir bor tabriklayman.

- Kim Bo-Yong nima uchun asosiy tarkibda o'ynamadi va Humoyun Murtazoev jamoaga moslashib ulgurmagandek.
- Moslasha olmadi? Bu sizning fikringiz. Hozirda hamma futbolni bor kuchi bilan o'ynamoqda. Agar siz jamoamizning ichidagi odam bo'lganingizda Humoyunning mashg'ulotlarini ko'rardingiz. U jamoaga moslashib bo'lgan, shunchaki uning zaxirada qolishi bizning qaror edi. Kim Bo-Yong bugun o'yinga tushdi. Uning zaxirada qolishi murabbiylar qarori. Kimning qancha o'ynashi muhim emas. Futbolchi qancha vaqtga tushsa ham foydali ish qilishi kerak. Dastlab Ixtiyor o'ynayotgandi. Keyinchalik Humoyun tushdi. Hujumkorlikka etibor berish uchun biz ikki hujumchini birdaniga maydonga tashladik.

- "Paxtakor"dagi o'yin bilan ushbu o'yin qanchalik darajada farq qildi.
- "Paxtakor"ga qarshi o'yinda himoyada yanada mustahkamroq o'ynashimiz kerak edi. Balki, "Paxtakor" bizga qarshi shunday o'ynashni istagandir. "Lokomotiv" esa "Paxtakor"ga qaraganda taktik jihatdan yaxshiroq va tezroq tempda o'ynadi. Buning farqi yo'q. U erda 0:1, bu erda 1:3ga yutqazdik. Bunga ochko berilmaydi.

- VAR tizimiga fikringiz qanday?
- Men VAR mutaxassisi emasman. Bu borada odamlar o'tiribdi. Ular nimanidir ko'rsa, bosh hakamga malum qilmoqda. U monitorga bormayapti va hech nimani ko'rmayapti. Bu esa o'yinni tezlashtirmoqda. O'yindagi birinchi penaltiga kim sababchi bo'layotganini hozirgacha tushunmayapman. Ammo barchasi tez sodir bo'ldi.

- VAR bo'lishiga qarshimisiz?
- Yo'q. Bizning o'yinlarda to'xtalishlar kam bo'lmoqda. Hech nima o'zgarib qolmaydi. Bunga men doimo qo'l ko'tarib kelganman. CHunki o'yin vaqtida ko'plab bahsli holatlar bo'lib turadi. Hatto hakamlar ham qaror chiqarish borasida kelisha olmaydi. Balki qaysidir futbolchi 20 santimetrga offsaydga chiqib ketgandir. Borib tekshiradi va golni hisoblamaydi. Bunisi adolatliroq. O'z navbatida hakamlar ham xatosini VAR orqali ko'rib oladi. Insoniylik faktori hammada bor. Agarda adolatli futbol bo'lsa, bu hammaga yordam beradi. Doimo muxlislar hakamlardan norozi to'g'rimi? Bu holatdan to'g'ri chiqib ketishning yo'li shu. Tanaffusda futbolchim nima sababdan sariq kartochka olganini tushunmadi. Unga VAR tizimida ko'rish kerakligini so'raganmiding dedim. Barchasi to'g'ri, qonunga binoan bo'ldi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика